So’nggi yangiliklar

07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  1 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  4 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  46 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2

Sergey Arslanov: "Superliga va Pro liga klublari o'rtasida unchalik ham katta farq yo'q" Yangiliklar

Sergey Arslanov: "Superliga va Pro liga klublari o'rtasida unchalik ham katta farq yo'q"

O'zbekiston Kubogi birinchi turidan o'rin olgan "Surxon" va "Mashal" o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng "Surxon" ustozi Sergey Arslanov matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- Xayrli kech, hammaga. O'yinga kelsak, juda kuchli raqib. Ikkala jamoa uchun ham haqli durang. Raqibning himoyadagi tartibli o'yinini alohida takidlash joiz. Jangovar durang qayd etildi.

- Bugun o'yin amaliyoti kam bo'lgan futbolchilarga imkoniyat berildi. Ularning o'yinidan qoniqdingizmi?

- Ha, to'g'ri. Siz haqsiz. Umuman olganda bugungi o'yindan asosiy maqsadlaridan biri ham aynan chempionat o'yinlarida maydonga tusha olmayotgan futbolchilarga o'yin amaliyoti berish edi. O'yinchilarning harakatlaridan qoniqdimmi degan savolga javob berishimiz uchun hali biroz o'yinni analiz qilishimiz kerak. Ana shundan keyin biror hulosa qila olamiz va shunga qarab keyingi harakatlarni amalga oshiramiz. "Nasaf"ga qarshi keyingi o'yinga ham ana shu hulosalar asosida tayyorlanamiz. "Nasaf"ga qarshi o'yin biz uchun juda muhim, qiyin bo'lishi aniq. Biz ushbu o'yinga bor kuchimiz bilan tayyorlanamiz. 

- Bugun jangovar durang bo'lganini aytdingiz. Nega Superliga klubi bo'lgan "Surxon" g'alaba uchun harakat qilmadi, raqib ham daraja jihatdan sizlardan kuchsizroq edi, yoki bu "Nasaf"ga qarshi uchrashuv uchun kuch saqlashmidi?

- Yo'q, biz jamoa sifatida har doim eng yuqori maqsadlarni qo'yamiz va faqat g'alaba uchun o'ynaymiz. Biroq, bir narsani takidlab o'tish kerak. Superliga va Pro liga klublari o'rtasida unchalik ham katta farq yo'q. Pro ligada ham Superligada o'ynashga qodir bo'lgan besh oltita klub bor. Bugun ham biz darajalar o'rtasida farq deyarli yo'qligini ko'rdik. "Mashal" ham Superligada o'ynashga munosib jamoa. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика