So’nggi yangiliklar

01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  0 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  1 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  5 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  6 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  17 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   5 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2

"Sent-Jeyms Park"ka APL qaytmoqda, "qizil iblislar" jangga shay (Prevyu) Yangiliklar

"Sent-Jeyms Park"ka APL qaytmoqda, "qizil iblislar" jangga shay (Prevyu)

Bugun APLda 1-turga yakun yasaladi. Championat.asia sayti xodimi Tolibjon Qosimovdan Premer-liga o'yinlariga bag'ishlangan prevyularni o'qishda davom eting.

APL, 1-tur
"Nyukasl" – "Tottenxem"
13.08.2017, 17:30
"Sent-Jeyms Park"
Bosh hakam:
Andre Marriner (Birmingem)

"Manchester Yunayted" – "Vest Xem"
13.08.2017, 20:00
"Old Trafford"
Bosh hakam:
Martin Atkinson (Lids)

O'tgan mavsumni oltinchi pog'onada yakunlagan MYU bu yil CHempionlar ligasini guruh bahslaridan boshlaydi. Sababi sizga malum, jamoaning Evropa ligasidagi g'alabasi ularga ECHL eshiklarini ochdi. Klubni Ibragimovich va Runi tark etdi. Ularning o'rniga "Everton"dan Romelu Lukaku sotib olindi. MYU afsonasi Rayan Giggz belgiyalikning xaridi borasida juda chiroyli gapni aytib o'tdi: - Mourino Lukakuni "Old Trafford"dagi duranglarni g'alabaga aylantirish uchun sotib oldi. Darhaqiqat, o'tgan yil mankunianliklar o'z maydonlarida juda ko'p durang o'ynab yuborishdi. UEFA Superkubogida "Real"ga qarshi o'yin ko'rsatdiki, manchesterliklarning yosh o'yinchilariga xalqaro o'yinlar tajribasi juda zarur. Lekin, shu holatda ham ular istalgan jamoaga qarshi kurasha olishlarini isbotlashdi. "Qizil iblislar" uchun eng yaxshi va foydali xarid Nemanya Matich bo'ldi. Serbiyalikning markazdagi samaradorligi juda yuqori. Yana bir yangi o'yinchi Viktor Lindelefga esa o'yinlar davomida baho berishimiz mumkin bo'ladi.

Bu yil Joze Mourino boshchiligidagi "Manchester Yunayted" va nihoyat chempionlik uchun kurashadi. Oxirgi yillarda jamoa bu nom uchun bahslasha olmayotgan edi. Bu yil esa vaziyat ancha o'zgardi. APLning yangi mavsumi oxirgi 10 yillikdagi eng keskini va qiziqarlisi bo'ladi menimcha. CHempionlik uchun "CHelsi", "Tottenxem", "Manchester Siti", "Liverpul", "Arsenal" va "Manchester Yunayted" jamoalari kurash olib borishadi. Yana "Everton" va "Vest Xem"dan ham o'ziga hos syurprizlarni kutish mumkin bu yil.



Slaven Bilich boshchiligida o'tgan mavsumni juda yomon o'tkazgan "Vest Xem" transferlar oynasida anyaa faol bo'ldi. Jamoaga Jo Xart, Pablo Sabaleta, Marko Arnautovich va Xaver Ernandeslar kelishdi. "Bolg'aurarlar" uchun CHicharito bomba transfer bo'ldi deyish mumkin. Meksikalik oldin ham Premer-ligada o'ynagan, o'shanda u MYU tarkibida ko'plab gollar urgan. Bu yil "Vest Xem" so'zsiz evrokuboklar uchun kurashadi.

Murabbiylar fikrlari:

Joze Mourino ("Manchester Yunayted"): "Motivaciya, ishonch va o'zaro tushunish bizda yuqoriroq. SHuning uchun ham Premer-ligani ushbu dam olish kuni boshlashimizdan xursandman".

Slaven Bilich ("Vest Xem"): "Biz buni sabrsizlik bilan kutayapmiz. Bizda "Old Trafford" bilan bog'liq yaxshi xotiralar bor, bu erda oxirgi ikkita o'yinda durangga erishganmiz".

Tolibjon Qosimov

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика