So’nggi yangiliklar

19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  1 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  0 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  3 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  2 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  6 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  3 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  9 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  6 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  2 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  2 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2

Saudiya Arabistonida spirtli ichimliklar: 2034 yilgi JCHda sayyohlar uchun istisno bo'lishi mumkin Yangiliklar

Saudiya Arabistonida spirtli ichimliklar: 2034 yilgi JCHda sayyohlar uchun istisno bo'lishi mumkin

2034 yil Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadigan Jahon chempionati vaqtida spirtli ichimliklarga oid qonunlarda istisno holatlari bo'lishi mumkin, deb yozmoqda Britaniyaning "The Sun" nashri.

Manbaga ko'ra, alkogolli ichimliklar istemol qilishga faqat turnirning xorijlik mehmonlari uchun ajratilgan qatiy cheklangan joylarda ruxsat etiladi. Umuman olganda, 600 ga yaqin shunday maxsus hududni yaratish rejalashtirilgan.

Jamoat joylarida, xususiy mulklarda spirtli ichimliklarni istemol qilish, shuningdek, ularni do'konlarda sotishga nisbatan global taqiq o'z kuchida qoladi.

Avvalroq Saudiya Arabistonining Buyuk Britaniyadagi elchisi Holid bin Bandar Al Saud qirollik sayyohlarni mamnun qilish uchun o'zining madaniy va diniy asoslarini qurbon qilmoqchi emasligini takidlagan edi. Mamlakatda 1952 yildan beri spirtli ichimliklar rasmiy taqiqi amal qilib keladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

+3   
27 may 18:35:23
Рустамжан Абдуллаев
Бу хам бир қиёмат яқинлашганини бир белгиси
+3   
27 may 17:58:10
MENTAL!ST
Ronaldu xotini bilan Saudiyada benikoh yashab yuribdi-ku, spirtli ichimlik ichish buning oldida nima bo'libdi? xD
   
27 may 22:22:02
Baxtiyor Nazarov
Jch 1 oyda o'tadi ketadi. Shunga 8 yil tayyorlanib ne ne vaqtlar zoe qilinadi, ne ne harakatlar qilinadi. Umr oqar daryo, ortga qaytmaydi. Futbol shunchaki bir musobaqa, unga hayotini bor budini berib asl maqsadini chetga surish katta yutqiziq.
   
27 may 22:18:02
Baxtiyor Nazarov
Saudiya sen futbol diyori emassan, sen musulmonlar diyorisan.. Saudiya sen Makka va Madina degan shaharlarni o'z ichiga olgan maskansan... Senda ne ne insonlar qabri mujassam.... Bu ishlar senga yarashmaydi...
   
27 may 22:15:29
Baxtiyor Nazarov
Bu futbol minglab insonlarni qalbini o'g'irladi... O'zligidan toʻydirdi... Gunohlarga botirdi... Vaqtlarni o'g'irladi... Insoniylikni unuttirdi....
   
27 may 22:15:16
Baxtiyor Nazarov
Bu futbol minglab insonlarni qalbini o'g'irladi... O'zligidan toʻydirdi... Gunohlarga botirdi... Vaqtlarni o'g'irladi... Insoniylikni unuttirdi....
   
27 may 22:13:00
Baxtiyor Nazarov
Eh Saudiya Saudiya shuncha pullarni transferlarga sochyapti, Jchda kimlarni mamnun qilish uchun spirtli ichimlik ichishadi. Makka, Madinani hurmati qani... Bugun musulmonlar shu darajaga keldikmi... Bitta futbol ortidan qancha ortga chekinishlari... Butun dunyoga ibrat bo'ldimi endi... Musulmon diyori markazi.... Afsus... Ming afsus...
   
27 may 19:46:25
Акрамжон Халилов
Дженифер Лопез Ар-риёдда ярим яланғоч ҳолатда концерт берди, махсус жойларда спиртли ичимликлар берилиши ҳеч нарса эмас.
   
27 may 19:39:53
assassin
عبدالعزيز foydalanuvchining fikriga javob berish
Bizda har qadamda vino vodka, alko market bor, afsuski sotuvchisi dostavkachisi ham kopi o'zbeklar, Rossiyaga vino eksport qilinib kelinadi
Афсус. Лекин утирволиб саудияликларни ёмонлаймиз
   
27 may 17:44:54
عبدالعزيز
Bizda har qadamda vino vodka, alko market bor, afsuski sotuvchisi dostavkachisi ham kopi o'zbeklar, Rossiyaga vino eksport qilinib kelinadi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика