Saudiya Arabistoni. "Al Ittihod" durang o'ynadi, jamoa ketma-ket uchinchi o'yinda g'alaba qozona olmadi
17 okt 22:21
Yangiliklar
Saudiya Arabistoni. "Al Ittihod" durang o'ynadi, jamoa ketma-ket uchinchi o'yinda g'alaba qozona olmadi
"Al Ittihod" jamoasi Saudiya Arabistoni chempionatining 5-turida durang qayd etdi.
Karim Benzema sardorligidagi Jidda klubi bu safar "Al Fayha" maydonida 1:1 hisobidagi durangga rozi bo'ldi. Bahsning 88-daqiqasida Karim Benzema penaltini golga aylantira olmadi.
Qayd etish kerak, jamoa uch o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti. "Ittihod" o'z maydonida chempionatda "Al Nassr"ga 0:2, keyinchalik Elit OCHLda "Shabab Al-Ahli"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
So'nggi g'alaba 20 sentyabr kuni "Al Najma" (1:0) maydonida qo'lga kiritilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar