So’nggi yangiliklar

12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  22 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  25 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  24 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1

Sarri o'rnini Zidan egallasa, "CHelsi"ning asosiy tarkibi qanday bo'ladi? Yangiliklar

Sarri o'rnini Zidan egallasa, "CHelsi"ning asosiy tarkibi qanday bo'ladi?

Ayni vaqtda "CHelsi" bosh murabbiyi jamoaning ustozi sifatida so'nggi nafaslarini olmoqda.

Mavsumni kuchli boshlagan Sarri, hozirda "CHelsi"ni jar yoqasiga olib kelayotgandek. "Aristokratlar" APL da 6-o'rinda borishmoqda va Angliya Kubogini tark etib bo'lishgan.

Angliya chempionati >>> APL

Natijalar yaxshilanavermagach, Sarri ko'p tanqid ostiga olinyapti. Uning o'yin uslubi ish bermasdan bir qancha muammolarni yuzaga keltirayotgani bor gap. Oqibatda, Mauricio "CHelsi"ni tark etishi, uning o'rni yaqin fursat ichida Zinedin Zidan bilan to'ldirilishi mumkinligi haqida xabarlar va mulohazalar bo'lmoqda.

Franciyalik mutaxassis "Real" jamoasini ketma-ket 3 marotaba Evropa CHempionlar Ligasi g'olibiga aylantirdi. SHu o'rinda "CHelsi" rahbariyati Zidanni yozgi transfer oynasi ochiq bo'lgan paytda olib kelmoqchi. Agar Zinedin Zidan londonliklar bilan kelishuvga erishsa, jamoani qay tarzda shakllantiradi, taktika va strategiyalar o'zgaradimi? Biroz shu haqda to'xtalib o'tamiz.

Zidan katta ehtimol bilan 4-3-3 taktika asosida o'ynaydi

Darvozani Kepa Arrisabalaga himoya qiladi

Ispaniyalik posbon klubning kelajagi hisoblanadi. O'tgan yozda "CHelsi" uni 72 million funt sterling evaziga qo'lga kiritgan edi.

O'ng qanot himoya chizig'ida Sesar Asplikueta harakat qiladi

"CHelsi"ning shu poziciyasida Sesarga raqobat qiladigan futbolchini topish qiyin. Juda mustahkam va ishonchli o'yini orqali Asplikueta o'z o'rnini hech kimga berib qo'ymasa kerak.

Markaziy himoya Ryudiger va David Luizga ishonib topishiriladi

Mazkur juftlik ishonchli o'yin namoyish etadi. Antonio standart vaziyatlarda ko'proq foyda keltirsa, Luiz hujum tashkil etish bilan bir qatorda jarima zarbalarini ham qoyilmaqom ijro eta oladi.

CHap qanot "Marselo"si rolini Markos Alonso o'ynashi mumkin

Hujumlarga faol qo'shila oladi. Juda foydali himoyachi (25 o'yin, 1 gol, 7 assist)

Foto: Squawka

Markazni Kante, Jorjino va Loftus-CHik triosi o'z zimmasiga olishi haqiqatga yaqin. Hujum uchligida Azar, Iguain va Villian to'p sursa maqsadga muvofiq bo'ladi deb hisoblashi mumkin Zinedin Zidan. Bu albatta, shunchaki tahmin edi.

Zidan jamoaning asosiy o'yinchisi sifatida Kante va Azarni tanlashi hamda ularga ko'proq ishonch bildirishi mumkin. 

Bu vaziyatda Mateo Kovachich hamda Jorjino kabi futbolchilar aziyat chekish ehtimoli ham yo'q emas. CHunki, Kovachich "Real"da asosiy o'yinchi bo'la olmagan va 89 uchrashuvning 48 ta o'yinda Zidan unga asosiy tarkibdan joy ajratgan. 

Jorjino esa Sarri tufayli "CHelsi"ga keldi va Sarrining o'yinchisi deya u haqda gapirilmoqda. Agar sigareta shinavandasi jamoani tark etsa, futbolchi ham katta bosim ostida qolsa kerak.

Siz "CHelsi" jamoasining ideal tarkibini qanday ko'rinishda tasavvur qilasiz?

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика