Sancho "Yuventus"ga moliyaviy talablarini malum qildi
08 iyu 18:59
Yangiliklar
Sancho "Yuventus"ga moliyaviy talablarini malum qildi
"Manchester Yunayted" vingeri Jeydon Sanchoning "Yuventus"ga qo'ygan moliyaviy talablariga aniqlik kiritildi.
25 yoshli futbolchi "Chelsi"da ijara asosida bir mavsum o'ynaganidan so'ng "Manchester Yunayted"ga qaytdi, ammo jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorimning rejalaridan o'rin olmadi.
"Il Corriere dello Sport" nashrining yozishicha, "Yunayted"da bir mavsum uchun 10 mln evro oladigan Sancho "Yuventus"ga o'tish uchun maoshi kamayishiga tayyor. Vinger Turin klubidan yiliga 8 mln evrolik shartnoma olmoqchi. "Yuventus" allaqachon futbolchiga yiliga 5 mln evro taklif qilgan va uni 6 mln evro va bonuslar bilan ko'tarishga tayyor. Turin klubiga yangi kelgan Jonatan Devid ham taxminan shuncha oladi.
Mish-mishlarga ko'ra, "Yuventus" Sanchoni sotib olish uchun "Manchester Yunayted"ga 25 mln evro to'lashga tayyor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar