So’nggi yangiliklar

12:08Собиқ ҳакам: "Мбаппе билан боғлиқ вазиятда пенальти йўқ эди"  3 11:36"Навбаҳор" охирги маротаба Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  1 10:50Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди  3 10:21ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда  1 09:52"Тоттенхэм" Англия терма жамоаси аъзосининг транферини якунлади  3 09:23Моуринью нима учун ўзини дунёнинг энг яхши мураббийларидан бири деб билишини тушунтирди  10 08:54"Ньюкасл" Исак бўйича расмий баёнот берди  1 08:25Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди  4 07:56ЦСКА тасдиқлади  10 07:27Суперлига. Бугун 20-турга старт берилади  6 02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  1 02:02Ла Лига. Мбаппенинг пенальтидан киритган голи "Реал Мадрид"га илк турдаги ғалабани тақдим этди  68 02:00Муҳаммад Салоҳ Англия профессионал футболчилар уюшмаси талқинига кўра АПЛнинг энг яхши футболчиси деб топилди  6 01:54Англия профессионал футболчилар уюшмаси АПЛ рамзий терма жамоасини эълон қилди  2 01:10Фарҳод Нишонов: "Вазиятлардан фойдаланганимизда ўйин сценарийси бошқача кечиши мумкин эди"   2

Samvel Babayan: "Raqibni hurmat qilamiz va g'alaba uchun maydonga chiqamiz" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Raqibni hurmat qilamiz va g'alaba uchun maydonga chiqamiz"

CHempionlar ligasining 2-turidagi "SHabab" va "Paxtakor" jamoalari o'yinidan oldin matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Unda dastlab jamoamiz bosh murabbiyi Samvel Babayan va futbolchi Akbar Ismatullaev ishtirok etdi.

Samvel Babayan: - Ushbu uchrashuv qiyin va keskin kechishi aniq. "SHabab" Saudiyaning eng etakchi jamoalaridan biri. Klub katta tarixga ega hamda ko'plab sovrinlar egasiga aylangan. Ushbu jamoa bilan 2010 yil CHempionlar ligasida to'qnash kelganmiz, o'zaro bahslar tajribasi bor. Raqibni imkon qadar o'rganib chiqdik. Ertaga yaxshi o'yin namoyish etib, g'alaba qozonishni istaymiz. Jamoamiz oldiga barcha musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etish vazifasi qo'yilgan. SHu sababli "SHabab"ni kuchli klub sifatida hurmat qilamiz, lekin maydonda o'zimizning vazifani bajarishga intilamiz.

Karimovning yo'qligi bizga katta tasir o'tkazmaydi deb o'ylayman. "Naft" bilan bellashuvda ham ikkinchi bo'limda SHerzodsiz harakat qildik. Durang qayd etilib turgan vaziyatda g'alabani qo'lga kiritishga futbolchilarda kuch va xarakter topildi. Jamoa shunday holatlarga tayyor turishi kerak. Uning o'rnini bosishi mumkin bo'lgan futbolchilarga egamiz.

Bizda rasmiy o'yinlar amaliyoti etishmasligi bo'lishi mumkin, lekin o'yinchilarning faol harakatlari evaziga buni engib o'ta olamiz.

Akbar Ismatullaev: - Ertangi raqibimiz kuchli jamoa. Tarkibida bir qator yuqori saviyada o'ynaydigan futbolchilarga ega. Biz ham jamoa sifatida yaxshi shakllanib boryapmiz va ertaga buni ko'rsatishga urinamiz.

Mezbonlardan esa bosh murabbiy Jeymi Pacheko va darvozabon Volid Abdulloh anjumanda qatnashdi.

Jeymi Pacheko: - Ertaga bizni muhim o'yin kutib turibdi. CHempionat va CHempionlar ligasidagi har bir o'yinning ahamiyati yuqori. Biz ligaga ham katta etibor beramiz, Saudiyaning bazi klublari esa ichki chempionatni afzal ko'rishmoqda. SHanba kuni chempionat o'yinida maydonga tushdik, shu sababli tarkibda o'zgarishlar qilishim mumkin. Asosiy tarkibda o'ynashga tayyor futbolchilar etarlicha. Naif Hazazi ertaga asosiy tarkibda o'ynaydi. Uning holati maydonga tushirishga imkoniyat beradi.

"Paxtakor" bilan  uchrashuvda raqibga moslangan taktik uslubda harakat qilamiz. Buning uchun biz raqibni o'rganib chiqib, futbolchilarga qanday yo'l tutish kerakligi to'g'risida malumot beramiz.

Volid Abdulloh: - "Paxtakor" CHempionlar ligasidagi tajribali klublardan biri. Bu jamoa ko'p marta Saudiya Arabistoni klublariga qarshi maydonga tushgan. Uchrashuv qiziq kechishi aniq. Biz chiroyli futbol namoyish etib, uch ochkoga ega bo'lishni istaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика