So’nggi yangiliklar

11:22"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  0 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  3 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  8 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  3 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  1 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  10 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  4

Samarqand va SHipilov uchun "qora" kunlar davom etadi. "Paxtakor" - "Dinamo" uchrashuvidan 8ta fakt Yangiliklar

Samarqand va SHipilov uchun "qora" kunlar davom etadi. "Paxtakor" - "Dinamo" uchrashuvidan 8ta fakt

Kecha Superliganing 14-turida Toshkentda "Paxtakor" - "Dinamo" jamoalari o'zaro to'qnash keldi.

Qiziqarli va gollarga boy o'tgan o'yinda mezbonlar 3:2 hisobida g'alaba qozondi.  Mazkur uchrashuvdan so'ng bir qator qiziqarli faktlarga to'xtalib o'tsak. 


1. Ushbu bellashuv jamoalar tarixidagi 50 o'yin sifatida tarixga kirdi.

2. Andrey SHipilov murabbiylik faoliyatida to'qqizinchi bor "Paxtakor"ga qarshi maydonga chiqdi va ularning barchasida mag'lubiyatga uchradi. 

3. Kecha maydon egalari tarkibida Pshemislav Banashak, Ilya Martinovich debyutini o'tkazdi. Polshalik hujumchi jamoadagi ilk bahsida gol urdi. Mehmonlarda esa Marat Bikmaev, Elguja Grigalashvili, SHohruh Mahmudxojiev debyutini nishonladi.

4. Dragan CHeran bu yil hisobidan Superligadagi 6 golini urdi. U gol urgan uchrashuvlarda  "Paxtakor" mag'lubiyatga uchragani yo'q.

5. Marat Bikmaev joriy mavsumdagi birinchi to'pini "Paxtakor" darvozasiga kiritdi. Hujumchi jamoasining ikkinchi goliga ham mualliflik qildi.

6. "SHerlar" ushbu mavsumda birinchi marotaba bitta o'yinda 3ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. 

7. "Paxtakor" samarqandliklar bilan o'zaro o'yinlardagi 103 golini urdi, 39 g'alabasini tantana qildi.

8. "Dinamo"ning Superligadagi g'alabasiz seriyasi 8ta uchrashuvga etdi. Jamoa so'nngi bor 5-turda  "Lokomotiv"dan ustun kelgandi.



Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика