Saloh: "Misr terma jamoasidagi sheriklarim bilan birga o'ynash imkoniyatidan juda baxtiyorman"
12 jan 15:25
Yangiliklar
Saloh: "Misr terma jamoasidagi sheriklarim bilan birga o'ynash imkoniyatidan juda baxtiyorman"
"Men bu yigitlar bilan birga o'ynash imkoniyatidan juda baxtiyorman. Biz har doim misrlik muxlislarga xursandchilik ulashishni istaymiz va shunday ruh bilan istalgan o'yinda g'alaba qozonish mumkinligiga ishonamiz. Bu juda qiyin o'yin bo'ldi. Oldingi safar ivuariylar Afrika Kubogini o'z uyida yutib olgandi. Bugun ham ular chempionlardek o'ynadi. Biroq biz barcha kuchimizni berdik
Keyingi bosqichga chiqqanimizdan juda xursandman. Men har doim jamoam uchun borimni berib o'ynayman. Katta maqsadlarga erishishimiz uchun tajribam ishga solishga harakat qilaman. Hamisha sheriklarimga shunday deyman: maydonga chiqing va birinchi daqiqadanoq bor kuchingizni bering. Bu juda muhim — shunda keyin afsuslanishga o'rin qolmaydi", – dedi 33 yoshli futbolchi.
Saloh Misr – Kot-d'Ivuar o'yinining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U g'alaba golini urdi. Uning jamoasi Afrika Kubogi yarim finalida Senegal terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди
Fikrlar