So’nggi yangiliklar

18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0

Salim Mustafoev: “Uchrashuv derbi maqomiga ega bo'lgani uchun g'alaba qozonishga intildik” Yangiliklar

Salim Mustafoev: “Uchrashuv derbi maqomiga ega bo'lgani uchun g'alaba qozonishga intildik”

O'zbekiston kubogi yarim final javob bahsida “Lokomotiv” safarda “Bunyodkor” klubini kichik hisobda mag'lub etdi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng “temiryo'lchilar” futbolchisi Salim Mustafoev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Bunyodkor” chempionatimizda o'z darvozasidan kam gol o'tkazgan jamoa hisoblanadi. Raqib jamoa himoyasini yorib o'tishga qo'limizdan kelgancha harakat qildik. Himoyani unutmagan holda hujumga o'tdik. Ushbu uchrashuv derbi maqomiga ega bo'lgani uchun g'alaba qozonishga intildik.

Birinchi bo'limda biz qarshi hujum taktikasini qo'llagan bo'lsak, raqiblarimiz ikkinchi bo'limda oldinga o'tishga majbur bo'lishdi. Raqib jamoa hujumga o'tganda gol urishimiz uchun imkoniyatlar paydo bo'ldi va ulardan faqat bittasini golga aylantira oldik.

Bugungi o'yinga ob-havo tasir o'tkazmadi, deb o'ylayman. CHunki o'yin boshlanishidan oldin maydon qordan tozalangan edi. Agarda qor bo'lganda tasir o'tkazdi deb aytsa bo'lardi”, - deydi “Lokomotiv” klubi futbolchisi Salim Mustafoev.

Jahongir Sotvoldiev

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика