Ryudiger "CHelsi"ga hurmati sababli MYUga o'tishni istamadi
24 apr 2022 14:57
Yangiliklar
Ryudiger "CHelsi"ga hurmati sababli MYUga o'tishni istamadi
"CHelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger "Manchester Yunayted"dan bo'lgan taklifni rad etdi.
Yozda erkin agent sifatida "CHelsi"dan ketishi kutilayotgan himoyachiga mankunianliklar yillik 10 million funt maosh taklif qilgan. Jurnalist Kristian Falkning yozishicha, germaniyalik futbolchi "CHelsi"ga bo'lgan hurmat sababli MYUga o'tishni istamadi.
29 yoshli futbolchi kelasi haftada "Real" bilan og'zaki kelishuvga erishishi kutilmoqda.
Ushbu mavsumda Ryudiger barcha turnirlarda 47 o'yinda ishtirok etib, 5 gol va 2 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar