So’nggi yangiliklar

02:50А Серия. "Милан" "Фиорентина" билан, "Интер" "Наполи" билан дуранг ўйнади, "Лацио" эса меҳмонда "Верона"дан устун келди  0 02:05"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди  216 23:58Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Вольфсбург"га 8 та гол урди  4 23:34Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" турнирни тарк этди  33 23:10“Навбаҳор” ўз сафига грузиялик футболчини қўшиб олди, у бунга қадар ҳам Ўзбекистонда ўйнаган  5 22:12Перес: "Жонажон Жиддага қайтдик"  5 21:13Лапорта: "Саудия Арабистони жаҳон футболининг марказига айланмоқда"  3 21:02Эшитдик-да! Бобир Абдихолиқов “Насаф”га қайтмоқда  14 20:55Англия кубоги. "Арсенал" "Портсмут"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Мартинеллидан хет-трик  4 19:41"Реал" янги шартнома бўйича Emirates’дан йилига 100 млн олиши мумкин. Клуб Adidas ва HP’ни ҳисобга олган ҳолда футболкада 300 миллион ҳомийга эга бўлишни хоҳлайди  1 18:35"Ал Иттиҳод" 38 ёшли Бенземага 2028 йилгача мўлжалланган шартнома таклиф қилди  2 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  2 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  14 16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  79 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  3

Ruslanbek Jiyanov: “Bugungi raqiblarimiz ikkinchi bo'limda charchab qolgandek tuyildi” Yangiliklar

Ruslanbek Jiyanov: “Bugungi raqiblarimiz ikkinchi bo'limda charchab qolgandek tuyildi”

U-23 Osiyo Kubogi saralashi 2-turi doirasidagi Gonkong – O'zbekiston uchrashuvidan (0:10) so'ng Ruslanbek Jiyanov bahs haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Buguni o'yin avvalida jamoamiz bosh murabbiyi raqib zich himoyalanishini va biz ularning himoyasidan qanday o'tib ketishimiz haqida gapirdilar. O'yinda ham ko'rdinglar raqiblar zich himoyalanishga harakat qildi. Gonkong ham Afg'oniston kabi agressiv o'yin ko'rsatishga harakat qildi. Biroq bugungi raqiblarimiz ikkinchi bo'limda charchab qolgandek tuyildi. 


Eronga qarshi bahs haqida... O'zbekiston har bir uchrashuvda g'alaba uchun harakat qilamiz. Xudo xohlasa, uchinchi turda ham g'alaba qozonib, muxlislarimizni xursand qilamiz. 


Rossiyadagi faoliyati haqida... Xudo xohlasa hammasi yaxshilikka deb o'ylayman. Barcha qiyinchiliklarning ortida yaxshi kunlar ham bo'ladi deganidek, biz ishlashda davom etamiz. Rossiya futbolida asosan kuchga asoslangan ekan. U erda jismonan yaxshi holatda bo'lish lozim.


Fursatdan foydalanib, shu darajaga chiqishim uchun har bir murabbiyimga minnatdorchilik bildiraman. Birinchi navbatda bolalikdagi murabbiyim Stansilav Petrovich va yordamchilariga rahmat aytaman. Keyin katta futbolga kirishimiz uchun ko'mak bergan Timur Kapadzega o'z minnatdorchiligimni bildiraman" - deydi Jiyanov.


Nig'monxo'ja Nozimov suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика