So’nggi yangiliklar

10:50Испанияда ирқчиликдан энг кўп азият чекаётган футболчи номи маълум. У Винисиус эмас  1 10:23"Барселона" "Боруссия" ҳимоячиси учун январда 40 миллион евро тўлашга тайёр  1 09:55Хаби Алонсо "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмаганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  5 09:27Левандовски Неймарни ортда қолдирди ва ПСЖ устозига етиб олди   0 09:20Иван Бошкович: "Натижадан қониқдим, ўйин борасида кучсизроқ эдик"  0 09:04Александр Ежов: "Хоразм" Суперлигада ўйнашга ҳақли жамоа"  1 08:58Туркияда ўйинларга пул тикиш бўйича янги тафсилотлар маълум бўлди  0 08:31"Балки биз чемпион бўлармиз." Гвардиола "Ливерпуль" устидан қозонилган йирик ғалабадан сўнг  4 08:04Месси ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  8 07:36Суперлига. Бугун тур якунланади  3 03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  4 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  40 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  5 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  66

Ruslan Ahmedov: "Xorazm"ning shaxsiy stadioni yo'q" Yangiliklar

Ruslan Ahmedov: "Xorazm"ning shaxsiy stadioni yo'q"

Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Mashal" - "Xorazm" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmon jamoa bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Avvalo "Mashal" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Raqib yaxshi shakllangan jamoa. Ular tashabbusni qo'lga olishini oldindan bilar edik. Ayrim xatolarimiz evaziga shunday natija qayd etildi. Yigitlarga rahmat aytmoqchiman. Imkon darajasida harakat qilishdi. Tarkibimiz boshqa jamoalarga nisbatan ancha yoshroq",- dedi Ruslan Ahmedov. 



- O'z vaqtida "Mashal"da faoliyat olib borgansiz. Bu jamoani qay darajada o'rgangan edingiz?

- Bir nechta shogirdlarim hozir "Mashal"da o'ynamoqda. Ularning taktikasini o'rganib chiqqan edik. Qaerda ishlashimdan qatiy nazar, shogirdlarim munosib to'p tepsa xursand bo'laman.

- Birinchi bo'limda ikki jamoa ham bittadan yaxshi vaziyat yarata olishdi. Sizningcha, bu juda kam emasmi?

- Bu ehtiyotkorlik bilan bog'liq. CHunki jamoamizda tajriba etarli emas. Bular endi o'sayotgan futbolchilar. Agar tajribali ijrochilarimiz ko'p bo'lganda boshqacha taktikada o'ynar edik. Misol uchun oddiy vaziyatda darvozabonimiz oldinga chiqib ketdi. Hammasi tajribaga aloqador. Umuman olganda jamoamdan shikoyatim yo'q. Hujum qilish borasida ishlashimiz kerak. 

- O'zbekiston kubogida "Xorazm"ning guruhdan chiqish imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Guruhda Superliganing ikki klubi bilan kurashishimiz qiyin albatta. Ammo harakat qilamiz. Futbolda oldindan hech narsa deb bo'lmaydi. 

- O'tgan turda "Andijon" bilan o'yindan so'ng raqib bosh murabbiyi Viktor Kumikov suv yo'qligi haqida tanqidiy fikr bildirdi. Bu borada fikringiz qanday?

- Jamoani shaxsiy stadioni yo'q. Hozirda BO'SM stadionida raqiblarni qabul qilyapmiz. Qaysidir manoda buning bizga aloqasi yo'q. Suv bo'lmagani haqidagi savolga texnik xodimlar javob bergani maqul.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика