Runining "Derbi Kaunti"si CHempionshipdan tushib ketdi
19 apr 2022 01:02
Yangiliklar
Runining "Derbi Kaunti"si CHempionshipdan tushib ketdi
Ueyn Runi bosh murabbiyligidagi "Derbi Kaunti" Angliyaning uchinchi divizioniga tushib ketdi.
Bugun "Derbi Kaunti" CHempionshipning 43-turida KPRga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Ushbu mag'lubiyatdan keyin Runi boshqaruvidagi jamoa tartib bo'yicha Angliyaning ikkinchi divizionida qolish imkoniyatlarini yo'qotdi.
CHempionat tugashiga 3 tur qolganida 23-o'rindagi "Derbi Kaunti" 21-o'rindagi "Reding"dan 10 ochko ortda qolmoqda. SHu orqali Derbishir grafligi jaomasi 1986 yildan keyin ilk marta Angliya uchinchi divizionida o'ynaydi.
Eslatib o'tamiz, moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganligi uchun jamoa mavsumni -21 ochko bilan boshlagandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar