Runi: "Odamlar Messi kuchliroq deganim uchun meni Ronalduni yomon ko'radi deb o'ylashadi"
25 sen 00:35
Yangiliklar


Runi: "Odamlar Messi kuchliroq deganim uchun meni Ronalduni yomon ko'radi deb o'ylashadi"
Eslatib o'tamiz, ingliz va portugal futbolchilari 2006-yilgi Jahon chempionatida Angliya va Portugaliya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinda to'qnashgan edi, o'shanda ikkalasi ham "Manchester Yunayted" safida o'ynardi. Keyinchalik Ueynning intervyuda Krishtianu haqida aytgan fikrlaridan so'ng sobiq hamkasabalarning munosabatlari yanada yomonlashgan.
"Odamlar meni undan nafratlanadi deb o'ylashadi. Men uni juda yaxshi ko'raman. Ronalduni mutlaq daho deb hisoblayman, uning qilayotgan ishlari tasavvurga sig'maydi.
Men Krishtianuni yaxshi ko'raman va u bilan o'ynash menga yoqardi. O'ylashimcha, odamlar biz qanchalik yaqin bo'lganimizni hatto tasavvur ham qila olishmaydi.
Menimcha, Messi Ronaldudan yaxshiroq deganim uchungina odamlar meni Krishtianuni yoqtirmaydi deb o'ylashadi. Men Messini ham yaxshi ko'raman, uning o'yinlarini kuzatishni yoqtiraman va faqat shuning uchun shunday deganman. Chunki, nazarimda, Messi o'yin, hamkasablari bilan munosabat va shunga o'xshash jihatlarda ozgina ustunroq edi.
Ronaldu - maydondagi qotil. Odamlar men Messi Ronaldudan yaxshiroq deganim uchun, Krishtianu menga yoqmaydi va men u haqida manmanlik bilan gapiryapman deb o'ylashadi," - dedi Ueyn Runi sobiq himoyachi va MYU sardori Rio Ferdinandning podkastida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar