RPL. "Nijniy Novgorod" "Spartak" bilan durang o'ynadi, IbohimHalildan gol
19 mar 2022 17:50
Yangiliklar
RPL. "Nijniy Novgorod" "Spartak" bilan durang o'ynadi, IbohimHalildan gol
Uchrashuvning 72-daqiqasida moskvaliklar legioneri Martins Pereyra hisobni ochdi - 0:1. Keyingi daqiqada "Nijniy Novgorod" hisobni tenglashtirdi. Quvonarlisi ushbu golni o'zbekistonlik himoyachi IbrohimHalil Yo'ldoshev urdi - 1:1. GOLNI KO'RISH
Ushbu goldan keyin "Spartak" penalti tepish huquqiga ega bo'ldi. Biroq Promesning penaltidan urgan goli bekor qilindi. Sababi niderlandiyalik futbolchi penalti tepayotgan vaqtda to'pga ikkala oyog'i tekkan va bu qoida buzilishi hisoblanadi.
SHunday qilib qolgan vaqtda hisob o'zgarmadi va "Nijniy Novgorod" o'z maydonida durang o'ynadi - 1:1. Bugungi o'yindan keyin "Nijniy"ning ochkolari soni 24taga etdi va jamoa 11-o'rinda.
Nijniy Novgorod – Spartak 1:1
19 mart, «Nijniy Novgorod» stadioni
Gollar: 0:1 – 72 Martins Pereyra, 1:1 – 73 IbrohimHalil Yo'ldoshev.
Nijniy Novgorod – Nigmatullin, Gocuk, Masoero, Kakkoev (Kechkesh, 62), IbrohimHalil Yo'ldoshev, Kalinskiy, SHaripov, Kravcov, Stockiy (Aleksandrov, 87), Suleymanov (Gorbunov, 70), Ennin.
Spartak – Selixov, Djikiya, Jigo, Litvinov (Sobolev, 87), Ayrton (Mozes, 46), Xlusevich, Zobnin (Umyarov, 65), Martins Pereyra, Promes, Bakaev (Ignatov, 65), Nikolson.
Ogohlantirishlar: Ennin (43), Suleymanov (56), Stockiy (75), Martins Pereyra (83), Kravcov (88).
|
Nizhny Novgorod Ibrokhimhalil Yoldoshev - 74' |
Premier League . 22-tur 19/03/2022, 16:00 1
:
1
Tugadi
|
Spartak Moscow Christopher Martins - 71' |
Stadion: Nizhny Novgorod Stadium
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar