RPL. O'yin tanaffusi vaqtida murabbiy istefoga chiqarildi
13 sen 2022 08:50
Yangiliklar
RPL. O'yin tanaffusi vaqtida murabbiy istefoga chiqarildi
Uchrashuvning tanaffusi vaqtida mezbonlar ustozi Andrey Talalaev istefoga chiqarildi.
“O'yin tanaffusi vaqtida Talalaev hamda Grozniy klubi rahbarlaridan biri o'rtasida janjal yuzaga keldi. O'shandayoq murabbiyni istefoga chiqarish borasida principial qaror qabul qilib bo'lingandi. Talalaev 2-taymda stadionni tark etdi”, deya xabar bermoqda “Championat.com”.
“Ahmat” 9 o'yindan keyin 9 ochko bilan turnir jadvalida 9-o'rinda bormoqda.
SHu tariqa, Talalaev joriy mavsum 9-turdan keyin lavozimini tark etgan 7-murabbiyga aylandi va bu musobaqa antirekordi hisoblanadi. Avvalroq, Igor SHalimov (“Ural”), Sergey Yuran (“Ximki”), Aleksandr Borodyuk (“Torpedo”), Nikolay Pisarev (“Ximki”), Marvin Kompper (“Lokomotiv”) va Oleg Vasilenko (“Fakel”) istefoga chiqarilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar