So’nggi yangiliklar

13:58Суперлига. Плей-офф: "Арал" "Бухоро" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  9 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Ro'ziqul Berdiev: "Zaxira hakami VAR ishlayapti dedi, bosh hakam esa o'chib qolganini aytayapti" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Zaxira hakami VAR ishlayapti dedi, bosh hakam esa o'chib qolganini aytayapti"

Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Lokomotiv" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

Avvalo, O'zbekiston ahlini Mustaqillik bayrami bilan tabriklayman. Bugungi o'yinda raqib juda chuqur himoyalandi. Jamoamiz azolari gol urish uchun vaziyatlarga ega bo'lishdi, ammo foydalana olmadik. Raqib jamoada yangi murabbiy edi, uning o'yinga qanday uslub tanlashi bizga ham qiziqarli bo'ldi. Lekin, ular bir ochko uchun o'ynashini kutgandik. SHundan kelib chiqib harakat qildik, ko'rdingizlar "Lokomotiv" bugun chuqur himoyalandi.

- Birinchi bo'limda ayrim futbolchilarning o'yini chiqmadi. Masalan, SHarof Muhitdinov bugun o'ziga o'xshamadi...


- Ayrim futbolchilarning o'yini qovushmagani rost. SHu sababdan ham biz ularni zahiraga oldik. Ikkinchi bo'limda o'yinga qo'shilgan futbolchilar ham yaxshi harakat qilishdi, ammo baribir raqib darvozasini ishg'ol eta olmadik.

SHu o'rinda sizlar orqali bir fikrni aytmoqchi edim, bugun ayrim muxlislar bizga qarshi muxlislik ham qilishdi. Bu juda yomon xolat, aytish joiz bo'lsa xoinlik. Muxlis har doim o'z jamoasiga sodiq qolishi kerak. Agar kimnidir meni jamoada ekanim qoniqtirmayotgan bo'lsa, boshqa murabbiy kelib, natijalarni bundan yaxshilaydi deb hisoblasa, qo'l ko'tarib ketishga tayyormiz.

- Legionerlarning ham o'yini qovushmagandek ko'rindi...


- Ha, shunday bo'lishi mumkin. Jamoa yaxshi o'ynasa, legionerlar ham shunga mos o'ynaydi.

- Hakamning oldiga tushgan vaziyatingizga qanday izoh berasiz?


- Ha, men hakamning yoniga borib undan VAR tizimini ko'rishni talab qildim. Balki qo'pollik qilgandirman. Ammo, yordamchi hakam mening yonimga kelib VAR ishlayotgani haqida aytgandi. Keyinroq hakamning yoniga borib, VARni ko'rishni so'raganimda u 10 daqiqa avval VAR o'chib qolganini aytdi. Bu juda tushunarsiz xolat.

- O'tgan o'yindagi vaziyat uchun biz O'zPFL rahbari Diyor Imomxo'jaevga murojaat qildik. Ammo, berilgan javob shunaqa bo'ldi, "Nasaf" o'yindagi vaziyat uchun shikoyat yozmagan ekan. Bugungi o'yinda ham shu kabi xolat yuz berdi. Endi shikoyat arizasi yozasizlarmi?


- SHikoyat kiritsak, vaziyat uchun hakamning o'zi jazolanadi. O'yin natijasi o'zgarmaydi va buning "Nasaf"ga hech qanday foydasi yo'q.

Reyting: -16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика