Ro'ziqul Berdiev: "VAR tizimi bizni o'stirib qo'ymaydi"
17 avg 2022 23:02
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: "VAR tizimi bizni o'stirib qo'ymaydi"
- O'yinning oxirigacha g'alaba uchun kurashganiga yigitlardan minnatdorman. Ammo g'alaba qozona olmadik. Bunga bir necha sabablar bor. Birinchidan, yaratgan vaziyatlarimizdan unumli foydalana olmadik. Ikkinchidan, hakamlikdan qoniqmadik. Asosan ikki vaziyatda - Markoga jarohat etkazilgan paytda raqib futbolchisiga qizil kartochka ko'rsatish kerak edi. Ko'plab bahslarga boy bo'lgan 11 metrlik jarima to'pi. Fikrimcha, olib kelingan VAR tizimi bizni o'stirib qo'ymaydi. CHunki asosiy qarorni insoniylik faktori hal qilmoqda.

- Hakamga qarshi protest yozildimi?
- Bu narsa hech nimani o'zgartirmaydi. Bunday holatdan biz ilk marta jabr ko'rmayapmiz. "Olimpik" bilan o'yinda chiziqdan o'tgan to'pni ham hisoblashmadi. Ular bu holat bizga yaxshi ko'rinmadi deyishdi. "Navbahor" bilan o'yinda ham gol o'tkazib yuborgan vaziyatimizda qo'pollik bo'lgandi. Bu bahonamasku, shunchaki VAR orqali rivojlanmasligimizni bildim.
- Legionerlarning o'yinlaridan qoniqdingizmi?
- Biz legionerlarni raqobat uchun taklif qilganmiz. Bizda asosiy tarkib bor. Ular ushbu futbolchilarga raqobat qilishi kerak. SHuning uchun ularni jamoaga taklif qilganmiz. Agarda ular tayyor bo'lmasa, o'ynamasligi ham mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar