So’nggi yangiliklar

22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  1 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  67 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  9 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  9 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 20:17"Манчестер Сити" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  49 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  26 19:44"Барселона" "Ливерпуль" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:08Суперлига. "Сўғдиёна" сафарда 10 киши қолган "Хоразм"ни мағлуб этди   14 18:45ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда аутсайдерни мағлуб этди, Раҳмоналиев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  0 18:21Неъматулла Қуттибоев: "Локомотив"га қарши 4 ўйин ўтказган бўлсак, шуларнинг 3тасида биз улардан яхшироқ эдик"  0

Ro'ziqul Berdiev: "G'alaba qozonishimiz shart edi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "G'alaba qozonishimiz shart edi"

OCHL 1-turi doirasida "Al Sadd"ga qarshi o'yindan keyin "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.





- O'yin qiziqarli voqeliklarga boy bo'ldi. Gollar, qizil kartochkalar. O'yinning borishiga qaraydigan bo'lsangiz, biz g'alaba qozonishimiz shart edi. Juda ochiq o'yin bo'ldi. Bir vaziyat orqali biror jamoa g'alabani ilib ketishi ham mumkin edi.

- "Nasaf" bir ochko oldimi yoki ikki ochko yo'qotdimi?

- Qiyin o'yin bo'lishini bilardik, shu sababli bir ochkoga ham rozi bo'lardik. Ammo raqib avvaliga bir kishi kam bo'lib qolganidan keyin g'alabani o'yladik. Keyinchalik ular yana bir kishi kam bo'lib qoldi. Menimcha ikki ochko yo'qotdik.

- Mantiqan olib qaraganda raqibdan ikki kishi ko'p bo'lib o'ynagan taqdirda istalgan jamoa raqibini o'z jarima maydonchasi ichiga qamab, sanoqsiz zarbalar berishi kerak. Ammo 30 daqiqa ichida ikkitagina zarba kam emasmi?

- Albatta, bu bizning kamchiligimiz. Oxirgi paytlarda yo so'nggi pasni beradigan yoki so'nggi zarbani yo'llaydigan futbolchi topilmayapti. Raqiblar kamchilik bo'lib qolganidan keyin butun tarkib bilan himoyaga yotib olishdi. SHu sababli zarba berishga qiynaldik. Yoddan chiqarmang, bu "Al Sadd" jamoasi. Ular xatto kamchilik bo'lib ham darvozamiz oldida xavfli vaziyat yarata olishdi. SHuning uchun ham har qanday bunday raqiblar bilan extiyot bo'lib o'ynash kerak.

Reyting: -40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика