So’nggi yangiliklar

00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  0 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  1 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  5 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  1 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  2 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  9 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  15 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  12 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2

Ro'ziqul Berdiev: “Bugun maydonga tushgan o'yinchilarimiz ishonchimizni oqlashdi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Bugun maydonga tushgan o'yinchilarimiz ishonchimizni oqlashdi"

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Sadullaevich bugungi uchrashuv haqida quyidagi fikrlarni bildirdi.
- “Mashal” jamosining keyingi o'yinlarini juda yaxshi o'rganib chiqqan edik. SHundan kelib chiqqan holda futbolchilarimizga ko'rsatmalar berdik, ular bugun barcha ko'rsatlarimizni yaxshi bajarishdi. Bugun asosan yosh futbolchilarimizdan ko'proq maydonga tushirdik, yani ularga imkon berdik. Ular ham bugun ishonchimizni oqlashdi.
 
Biz bugun jamoamiz o'yinchilariga raqibning o'z o'yinini o'ynashga imkon bermaslikni tayinlagan edik. O'zlaringizga malum, “Mashal” jamoasi taktik jihatdan yaxshi harakatlanadigan jamoa hisoblanadi. SHu tomonlarini yigitlarimizga yaxshi tushuntirgan edik. Jamoamiz bugun bexato harakat qildi.
 
Umuman olganda bu yilgi chempionatni yomon yakunlamadik, yana uchinchi o'rinni egallab, bronza medalini qo'lga kiritdik. Bu yutuq bilan barcha muxlislarimizni tabriklayman hamda biz bilan birga bo'lganlari uchun ularga tashakkurlar aytamiz.
 
Hozirgi tarkib birinchi davrada bo'lganda? To'g'ri, avvalo biz OCHLda og'ir o'yinlarni o'tkazdik. Futbolchilarimizdagi toliqishlar ham, jarohatlar ham birinchi davradagi o'yinlarimizga salbiy tasir ko'rsatdi. Natijada juda ko'p ochko yo'qotdik. Ikkinchi davra oldidan bu muammolar barham topdi. Albatta agar mavsum boshidan bizda shunday tarkib bo'lganda, natijalarimiz ham bundanda ijobiy bo'lishi mumkin edi. Ikkinchi davra oldidan safimizga qo'shilgan yangi o'yinchilarimiz ishonchimizni oqlashdi.
 
Biz tayyorgarlik mashg'ulotlarini finalga moslab olib borayapmiz. Yigitlarimiz ham final uchrashuvidagi masuliyatni his qilib turishibdi. Bu haqda ularga ortiqcha tushuntirishni ham hojati yo'q. O'ylaymanki, yigitlarimiz final uchrashuvini ko'ngildagidek o'tkazishadi", - deydi Ro'ziqul Berdiev. 


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика