So’nggi yangiliklar

10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  1 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  2 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  2 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 08:25Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги учрашувда неча баҳо олишди?  5 07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  11 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  8 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  20 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  11 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  7 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  47 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1

Roy Kin: "Bukayo Saka "Real"da ham o'ynay olardi" Yangiliklar

Roy Kin: "Bukayo Saka "Real"da ham o'ynay olardi"

Saka yakshanba kuni "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda ajoyib o'yin ko'rsatdi.

"To'pchilar" mamlakat chempionati doirasida "Manchester Yunayted" bilan o'yinda ustunlik qildi va yakunda 3:2 hisobida g'alaba qozonib, mavsumdagi 50 ochkosini to'pladi.

Saka bahsning ikkinchi taymida uzoq masofadan ajoyib zarba yo'llab, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. SHundan keyin bir necha daqiqalar o'tib "qizil iblislar" himoyachisi Lisandro Martines hisobdagi farqni yana tenglashtirdi. O'yinning so'nggi daqiqasida Eddi Nketia "Emireyts" egalarining g'alabasini taminlaydigan to'pni kiritdi.

Bukayo Saka ushbu mavsumda yaxshi o'yini bilan ajralib turibdi. Uning London klubi bilan 2024 yilgacha amal qiladigan shartnomasi bor. Saka jamoaning Premer-ligadagi raqiblari "Manchester Siti" yoki "Liverpul"ga o'tishi mumkinligi aytilgan edi.

"Sky Sports" eksperti va "Yunayted" sobiq sardori Roy Kinning fikricha, Bukayo Saka Evropaning istalgan top-klubida, shu jumladan, "Real"da ham o'ynashi mumkin:

"Saka yosh bo'lsa-da, juda katta tajribaga ega. 

U allaqachon Angliya Kubogi sovrinini qo'lga kiritgan. 

Bukayo Angliya termasida penaltidan unumli foydalana olmagani uchun katta umidsizlikk tushdi (Evropa CHempionati finalida). Buning uchun u juda ko'p tanqidlarga uchradi, biroq u yana qaytishni uddaladi.

Menga uning hamma xislatlari yoqadi. O'ylashimcha, u Evropaning istalgan yirik klublariga borib o'ynab keta olishi mumkin. Men bunday klublar qatoriga "Real"ni ham qo'shgan bo'lardim. Menimcha, u shu darajada yaxshi o'ynaydigan fantastik o'yinchi. Qanday istedod-a! Men uning o'yinlarini tomosha qilishni yaxshi ko'raman", – dedi Roy Kin.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика