Ronalduning rekordini yangilagan Gyuler o'yindan avval Anchelotti unga xabar yozganini aytdi
18 iyu 2024 23:30
Yangiliklar
Ronalduning rekordini yangilagan Gyuler o'yindan avval Anchelotti unga xabar yozganini aytdi
Turkiya terma jamoasi futbolchisi Arda Gyuler Gruziyaga qarshi o'yinda (3:1) jamoasining g'alabasiga hissa qo'shdi.
19 yosh-u 114 kunligida raqib darvozasini ishg'ol qilgan o'yinning eng yaxshi futbolchisi Arda Evropa chempionatida tarixida debyut uchrashuvida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.
SHu tariqa, u Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi. Portugaliyalik forvard 2004 yil 19 yosh-u 128 kunligida Greciya darvozasiga to'p kiritgandi.
Uchrashuvdan so'ng Gyuler quyidagi fikrlarni bildirdi: "Anchelotti o'yin oldidan menga xabar yubordi va muvaffaqiyat tiladi. "Real Madrid"ning qo'llab-quvvatlashi ham menga bitmas-tugalmas motivaciya beradi".
Eslatib o'tamiz, guruh doirasidagi Portugaliya va CHexiya uchrashuvi birozdan so'ng start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar