So’nggi yangiliklar

09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  0 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  0 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  1 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  1 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  12 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  2 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  24 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  173 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7

Ronalduga javob: italyan futboli tirik (mutolaa uchun) Yangiliklar

Ronalduga javob: italyan futboli tirik (mutolaa uchun)

Nega italyan futbolini hisobdan chiqarish kerakmasligi haqida gaplashamiz.

Krishtianu Ronaldu Saudiya futbol ligasi tez orada ko'plab Evropa chempionatlarining darajasiga chiqishiga ishonchi komil. Portugaliyalik yo'l-yo'lakay intervyularidan birida A Seriyani ham erga urdi.

Forvard italyan chempionati u kelgunga qadar o'lik bo'lganini aytdi. Hujumchi shuningdek Evropaning top-5 ligalaridan to'rttasi, jumladan A Seriyaning ham darajasi tushayotganini aytdi.

Taqdir hukmini qarangki, Ronaldu yuqoridagi bayonotlardan so'ng o'rtoqlik o'yinida o'tgan mavsum La Liga autsayderlaridan biri bo'lgan "Selta"ga 0:5 hisobida yutqazdi. Bu bahs shuni ko'rsatdiki, Saudiya klublarining cheksiz pullariga qaramay, ularning jahon cho'qqisiga chiqishi portugaliyalik o'ylayotganidan ko'ra qiyinroq.



"Krishtianu qaerda bo'lsa, u qiziqishni ko'taradi" degan gap to'g'ri. Ammo, A Seriya u kelganda o'lik emasdi va ketganidan keyin ham pasayishga uchramadi.

SHunchaki italyan klublarining Evropadagi so'nggi natijalariga qarash etarli. Ular o'tgan mavsum barchasiga davogarlik qilishdi: "Inter" CHempionlar ligasi finaliga, "Roma" Evropa ligasi finaliga, "Fiorentina" esa Konferenciyalar ligasi finaliga chiqdi.

Ammo, A Seriya klublari barcha, 3 finalni yutqazib, sovrinlarga ega chiqishmadi. Ammo, italyanlar o'sha joyga chiqishdi va ularning katta qismi sifatli futbol evaziga erishildi.

Italiya haligacha Evropaning amaldagi chempioni hisoblanadi, U-20 termasi esa o'tgan oy jahon chempionati finaliga chiqdi, U-19 jamoasi esa yaqinda finalda Portugaliyani mag'lub etib, Evroni yutdi.

Albatta, italyan futboli mukammalikdan yiroqda. "Skuadra adzurra" ikki bor jahon chempionati saralishidan o'ta olmadi, klublarga katta transferlar uchun pul etishmayapti, ko'plab stadionlar esa ayniqsa APL fonida juda ham yaxshi ko'rinishda emas. Ammo, bu A Seriyaning o'likligini anglatmaydi.



A Seriya faoliyatidagi asosiy jihatlardan biri Premer-liga klublarining kuchayish uchun italyan klublari eshigini qoqishni davom ettirayotganidir. "Manchester Yunayted" bir necha kun oldin Andre Onanani "Inter"dan bonuslarsiz 52,5 mln evroga xarid qildi va "Atalanta"dan chiqib kelayotgan yulduz Rasmus Xoylunn bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Sandro Tonali o'tgan oy "Nyukasl"ga 70 mln evroga o'tish orqali butun tarixdagi eng qimmat italyan o'yinchisiga aylandi. Bitim narxi bonus bilan 80 milliongacha chiqishi mumkin.

"Tottenxem" Gulelmo Vikarioni "Empoli"dan 20 mln evroga xarid qildi. Bir yil oldian esa 18 millionga Destini Udodjini xarid qilib, 2022/23 yilgi mavsum "Udineze"da ijarada qoldirgandi. Vikario eng kam baholangan italyan darvozabonlaridan biri hisoblanadi, Udodji esa himoyachi uchun yaxshi samaradorlik ko'rsatmoqda (A Seriyada o'tgan mavsum 3ta gol va 4ta assist).

Marcelo Brozovich "Inter"dan "Al Nassr"ga 18 mln evroga o'tdi. CHempionlar ligasi finalchilari muhim xavbek uchun ko'proq pul ishlashlari mumkin edi, ammo moliyaviy vaziyat "neradzurri"ni saudiyaliklar taklif qilganiga rozi bo'lishga majbur qildi. Ammo, ular doim ham bunday qilishmaydi.

Romelu Lukaku misoli bor. Uning "CHelsi"ga qaytishi o'xshamadi, ammo "ko'klar" atigi 2 yil oldin "Inter"ga rekord miqdordagi 115 mln evro to'lab, belgiyalik bilan eng qimmat transferlarini amalga oshirishgan edi. Albatta, A Seriya dunyodagi eng boy liga emas, ushbu barcha yirik transferlar chempionatning darajasi hech qaerga ketmaganini ko'rsatadi.



Bulardan tashqari, A Seriyada raqobat ham oshmoqda. "Yuventus"ning hukmronligi Ronalduning "byankoneri" tarkibidagi so'nggi mavsumida yakunlangandi. Italiyada 2020 yildan 2023 yilgacha 3 turli klub chempion bo'ldi. Faqatgina Ispaniyada shunday holat ro'y bergandi: "Barselona", "Real" va "Atletiko" so'nggi 3 yilda chempionlik tituliga ega chiqishdi. 

A Seriya, umuman butun italyan futboliga mamlakatdagi o'yinlar rivoji uchun muhim qaror qabul qilish kerak va ligadagi maydonlar va ularning atrofidagi holatni yaxshilashni xohlovchi investorlarni jalb qilish kerak.

Sir emaski, yangi stadionlar qurish italyan klublari uchun maqsaddir va A Seriya Angliya yoki Saudiya Arabistoni klublari kabi boy emas. Ammo, liga saviyasining tushib ketgani haqidagi gaplar juda oshirib yuborilgan.


Football Italia materillari asosida footballhd.ru saytidagi maqola. Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика