Ronaldu VAR orqali bekor qilingan golidan so'ng: "Har doim menga qarshi!"
30 avg 2023 23:28
Yangiliklar
Ronaldu VAR orqali bekor qilingan golidan so'ng: "Har doim menga qarshi!"
Krishtianu VAR chiqargan qarordan o'ta norozi bo'ldi.
Kecha "Al Nassr" klubi "Al SHabab"ni 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Ushbu o'yinda Krishtianu Ronaldu ikkita gol va bitta assist qayd etdi.
O'yinning 20-daqiqasida Ronaldu burchakdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga joylagandi. Biroq, VAR ushbu holatda Ronaldu himoyachini itarib yubordi, degan qarorga keldi va gol bekor qilindi.
Krishtianu Ronaldu esa VAR chiqargan qarordan juda norozi bo'ldi va "har doim menga qarshi, ****** (jin ursin – Championat.asia)!", -deya baqardi. Ronaldu aytgan so'zlar telekameralar mikrofoniga muhrlanib qoldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar