So’nggi yangiliklar

14:15"Арсенал" яна бир трансфер бўйича келишувга эришди  0 14:06CAFA NATIONS CUP-2025 мусобақаси бошланмоқда. Эртага ўйинолди матбуот анжуманлари ва расмий машғулотлар бўлиб ўтади  1 13:45Бенту Ўзбекистон терма жамоаси тарихидаги 10-хорижлик мураббий бўлади. Аввалги ҳамкасблари қандай натижа кўрсатган?   20 13:03Бугун ЕЧЛга қуръа ташланади. Олма-отага кимлар келади?  4 12:43Конференциялар лигаси саралаши. Бугун Файзуллаев ва Шомуродов жамоаси жавоб учрашувида майдонга чиқади  4 11:34Эшитдик-да! Тимур Кападзе "Пахтакор" бош мураббийи бўлиши мумкин  58 10:48ПСЖ ва "Ювентус" ўзаро келишувга эришди  0 10:23"Челси" 24 йиллик анаънадан воз кечади  7 09:56Икич Фране: "Жамоамиз бу ўйинда ғалаба қозонишга ҳақли эди"  2 09:27Германия терма жамоасининг сентябрдаги ўйинлар учун чақирилган футболчилари маълум  5 08:54МЮ Брунуни сотишга тайёр. Унга нарх қўйилди  8 08:27"Бухоро" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, тарихда илк бор ярим финалга чиққан учрашувдан ФОТОГАЛЕРЕЯ  9 08:00Жароҳатдан қайтган Месси жамоасини Лига кубоги финалига олиб чиқди  10 07:50Германия Кубоги. "Бавария" меҳмонда 3-лига жамоасини мағлуб этди  1 07:31Аморим кечаги мағлубиятга изоҳ берди  8

Ronaldu shaxsiy sovrinlar haqida: "Muhimi – jamoaning g'alabasi" Yangiliklar

Ronaldu shaxsiy sovrinlar haqida: "Muhimi – jamoaning g'alabasi"

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu CHempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan "Lokomotiv"ga qarshi bahs oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

– O'yin uslubingiz o'zgardimi?

– O'ylashimcha, jamoa yaxshiroq o'ynashni boshlasa, o'zimizga ishonch ortib boradi. Biz avval bajargan ishlarimizdan farqli futbol o'ynaymiz. Tez-tez hujumga o'tamizyu 

Garchi biroz erkinlik olgan bo'lsam ham, mening jamoadagi vazifam oldin qilgan ishlarimga o'xshash, deb o'ylayman. Biz yaxshiroq va baxtiyor bo'lib boryapmiz. CHunki, bularni bosqichma-bochqich amalga oshirish uchun imkoniyatimiz mavjud. 


– CHempionlar ligasi yoki "Oltin to'p"?

– Biz Italiya chempionati, kubogi CHempionlar ligasini yutishni istayapmiz. "Yuventus" oldiga buyuk maqsadlarni qo'yishi lozim, deb o'ylayman. SHuning uchun, barcha sovrinlarni qo'lga kiritishga harakat qilamiz. Bu albatta qiyin bo'lishini bilib turibman. Ammo, bizning kuchimiz ham mana shunda deb hisoblayman. 

Jamoa bilan sovrin yutish – bu eng muhimi. O'tgan yil ajoyib mavsum o'tkazdik (Italiya chempioni va kubogi sohibi bo'lgan, "Championat.asia") va bu mavsum bundan ham yaxshiroq o'tkazishni maqsad qilganmiz. Hozir eng asosiy narsa - bu ertangi o'yin va unda qo'lga kiritiladigan g'alaba. Sababi, mazkur muvaffaqiyat bizning keyingi bosqichga chiqishimizni 50 foiz kafolatlaydi.


– Sarri haqida qanday fikrdasiz?

– Uning jamoada qo'llayotgan uslubi menga yoqmoqda. Biz ko'p to'pni nazorat qilyapmiz va ko'proq hujumlar uyushtiryapmiz. O'zimizni ishonchli his qilmoqdamiz va ko'plab golli vaziyatlar yaratmoqdamiz. 


– SHaxsiy rekordlaringiz haqida nima deb o'ylaysiz?

– Hozir faqat jamoaning natijalari haqida bosh qotiryapman. 700 ta urilgan gol o'tmishda qoldi. Bu haqida boshqa o'ylamayman", – deydi Ronaldu.   


Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика