Ronaldu: "Peres mendan o'z manfaati yo'lida foydalanmoqchi bo'lgandi"
29 okt 2018 20:30
Yangiliklar
Ronaldu: "Peres mendan o'z manfaati yo'lida foydalanmoqchi bo'lgandi"
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Real" prezidenti Florentino Peres bilan munosabatlari haqida gapirdi.
"Prezident menga qilayotgan munosabatlarini o'zgartirganini sezdim. U bilan dastlabki 4-5 yildagi munosabatlarimiz ideal darajada edi. Ammo keyinchalik holat asta-sekinlik bilan o'zgardi. To'g'risini aytsam, u mening ketishim jamoaga hech qanday muammo keltirmasligini aytgandi. Peres mendan o'z manfaati yo'lida biznes-model sifatida foydalanmoqchi bo'lgandi. Biroq men buni istamadim", - dedi Ronaldu.
Portugaliyalik futbolchi 2009-2018 yillar davomida "Real" tarkibida 438 o'yinda qatnashib, 450 gol urdi va 131 golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar