Ronaldu MYUda oxirgi marta qachon gol urdi? Oxirgi assisti-chi?
05 sen 2022 09:45
Yangiliklar
Ronaldu MYUda oxirgi marta qachon gol urdi? Oxirgi assisti-chi?
APL 6-turida “Manchester Yunayted” o'z maydonida “Arsenal”ni 3:1 hisobida taslim etdi.
2-taym boshlarida Krishtianu Ronaldu zaxiradan o'yinga qo'shildi va bu safar ham o'z nomini tabloga yozdirib qo'yolmadi.
37 yoshli portugaliyalik oxirgi marta “qizil iblislar” safida 2 may kuni “Brentford”ga (3:0) qarshi o'yinda gol urgandi. Hozirga kelib esa Ronalduning klub miqyosidagi golsiz seriyasi 7 o'yinga etdi.
SHuningdek, Ronaldu manchesterliklar safida anchadan beri golli pasni ham o'z hisobiga yozdirib qo'ya olmayapti. U so'nggi bora o'tgan yil oxirida “Byornli”ga (3:1) qarshi bahsda assistga erishgan va ayni kunga qadar 26 o'yin bo'lib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, u joriy mavsum faqat bir uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar