So’nggi yangiliklar

00:49"Хвича икки йилдан сўнги Англия ёки "Реал"га йўл олади. Бошқалар унинг учун тўлай олишмайди"  0 23:45Миллатлар лигаси. Испания, Польша ва Португалия жамоалари иштирокида ўйинлар бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  4 23:28"Ал Ҳилол" келаси йили Винисиус Жуниорни харид қилмоқчи  3 22:57Миллатлар лигаси. Хорватия ўз уйида ғалабага эришди, Болгария — Люксембург ўйинида 11та сариқ карточка кўрсатилди  6 22:07Ўткир Юсупов: "Эрон билан ўйинда 1 очко ҳам яхши натижа, БААни эса мағлуб этмоқчимиз"  2 21:41Суперлига. "Динамо" — "Навбаҳор" 0:1  0 21:29Мбаппе Франция терма жамоасининг фақат муҳим ўйинларида ҳаракат қилмоқчи. "Реал" форварди 2025 йилги "Олтин тўп"ни кўзлаган  3 20:55Суперлига. "Навбаҳор" 14-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо"дан устун келди  35 20:26Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 19:49"Манчестер Сити"нинг машҳур спорт директори клубни тарк этяпти  4 19:18Кроос "Реал"га қайтяпти  3 18:45Ўзбекистон терма жамоасининг машғулоти Сречко Катанец назорати остида ўтади  43 18:25Про лига. Бешимовнинг голи "Қўқон-1912"га ғалаба тақдим этди  2 17:26Пранкер ўйиндан олдин МЮ кийиниш хонасига эшитиш мосламаси ўрнатди  4 16:29Коул Палмер: "Месси ёки Роналду?"  13

Ronaldu “Manchester Yunayted”ni tark etadimi? “Barsa” kimni sotadi? SHomurodovchi? Yozgi transfer oynasi yopilishidan oldingi asosiy intrigalar Yangiliklar

Ronaldu “Manchester Yunayted”ni tark etadimi? “Barsa” kimni sotadi? SHomurodovchi? Yozgi transfer oynasi yopilishidan oldingi asosiy intrigalar

Yozgi transfer oynasi yopilishiga bir hafta qoldi.

Bu vaqt ichida juda ko'p qiziqarli voqealar sodir bo'lishi mumkin, shuning uchun Championat.asia ushbu mavsum oralig'idagi asosiy intrigalar ro'yxatini taqdim etadi.

Ronaldu MYUni tark etadimi?
Butun yoz davomida Krishtianu Ronalduning «Manchester Yunayted»ni tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlar cerial kabi davom etib keldi. OAV portugaliyalikni ko'p joylarga yubordi. Jumladan, "Bavariya", "Atletiko", "Borussiya", "Inter" va hatto uning vatani "Sporting"ga. Ronalduning asosiy istagi CHempionlar ligasida o'ynash bo'lgan, o'tgan mavsum yakunida "qizil iblislar" bunga erisha olmagan.

Ammo hozircha Ronaldu Manchesterda qolmoqda. Kuni kecha yulduz hujumchining qaroriga uning sobiq "Real"dagi sherigi Kazemironing "Manchester Yunayted"ga kelishi tasir qilishi mumkinligi haqida malumot paydo bo'ldi. Bu klub rahbariyatining ayyor qarori bo'lsa kerak: braziliyalikning xaridi evaziga jamoa qo'llab-quvvatlash zonasida ajoyib o'yinchiga ega bo'ldi va Krishtianuning qolish imkoniyati oshdi. Bunday futbolchi yoshi boshqalarga qaraganda katta bo'lsa ham har qanday jamoaga qo'l kelishi aniq.

Bu erda Ronalduning o'zining kayfiyati muhimroq, chunki hozircha "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag portugaliyalikga unchalik ishonmaydi. Krishtianu o'yin amaliyotining kamligidan xursand bo'lishi dargumon. Manchesterda ular bu holatda Ronaldu kiyim almashtirish xonasidagi muhitni buzishidan qo'rqishadi. Biroq, bu muammoni hal qilish uchun kamroq va kamroq vaqt bor.



"Manchester Yunayted" De Yongni sotib oladimi?
"Manchester Yunayted" bilan bog'liq yana bir intriga. Gollandiyalik futbolchi "Barsa"da unga qo'yilgan umidlarni to'liq oqlay olmadi. Qolaversa, kataloniyaliklarda yosh yulduzlar bor edi - Gavi va Pedri. "Barselona" bosh murabbiyi Xavi ularga de Yongdan ko'ra, ko'proq ishonayotganga o'xshaydi. Frenki uchun asosiy davogarlardan biri esa "Manchester Yunayted".

Biroq “qizil iblislar”ning niderlandiyalikning vakillari bilan muzokaralari to'xtab qoldi. Aytish joizki, @Manchester Yunayted"ning de Yongga bo'lgan qiziqishi saqlanib qolishi haqidagi malumotlar boshqacha talqin qilinmoqda. Jumladan, bazilarning aytishicha, Kazemiro sotib olinganidan keyin ham kelishuvga erishishi qiyin kechadi. Yana bir boshqa manbalar Frenki hali ham Manchesterga ko'chib o'tishi mumkinligini davo qilmoqda. Deylik, "Manchester Yunayted" de Yong bilan kelisha olmasa, unda klubda zaxira varianti bor. Gap "Yuventus"da to'p tepayotgan Adrien Rabo haqida bormoqda.



“Barsa” kimni sotadi?
Kataloniyaliklarda de Yongdan tashqari muammolar ham bor. Yaqin vaqtgacha Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirishga qurbi etmagan “Barselona”da kutilmaganda pul topib oldi.
Yozda klub ko'plab yangi futbolchilar bilan shartnoma imzoladi: Rafinya, Robert Levandovski, Frank Kessie, Andreas Kristensen va Jyul Kunde. Ammo Kundeni ro'yxatdan o'tkazishda hamon muammo bor. Bunga "Barselona"ning maosh chegarasidan oshib ketgani sabab bo'ldi.

Kundeni ro'yxatdan o'tkazish uchun kataloniyaliklar 20 million evroni "bo'shatishlari" kerak. Bu shuni anglatadiki, klub o'z futbolchilaridan birini sotishi kerak. "Barsa"ni de Yongdan tashqari Memfis Depay va Per-Emerik Obameyang ham tark etishi mumkin. Depayga "Yuve"dan taklif bor edi, biroq Turin klubi diqqat etiborini Arkadiush Milikka qaratdi va Obameyangning "CHelsi" bilan muzokaralari to'xtab qoldi.

Agar Kataloniya klubi yuqoridagi futbolchilarni sota olmasa, Kunde tekinga ketadi. Yozda u 50 million evro evaziga "Sevilya"dan "Barsa"ga o'tgan ko'chib o'tgandi.



Rafael Leau qaerga ketadi?
Portugaliyalik futbolchi o'tgan mavsum “Milan” safida ajoyib ko'rsatkichlarni qayd etdi. Italiya chempionatida 34 ta o'yin, 11 ta gol va 10 ta golli uzatma. Bu bilan Leau A seriyaning eng yaxshi futbolchisiga aylandi va uning bozordagi qiymati 25 million evrodan 70 million evroga ko'tarildi (Transfermarkt malumotlariga ko'ra). Bundan tashqari, Rafael “Oltin to'p”ga davogarlar o'nligidan joy oldi.

Albatta, Leauning bunday darajada o'sishini Evropaning etakchi klublari ham payqagan. Futbolchiga birinchi bo'lib "Real Madrid" qiziqish bildirgandi, ammo ispaniyaliklar tomonidan rasmiy taklif bo'lmagan. Hozirda Rafaelning «CHelsi»ga o'tishi mumkinligi haqida gap ketmoqda.

"Aristokratlar" ning asosiy quroli - moliyaviy sharoit. Leau yiliga 7 mln evro maosh olmoqchi. Taqqoslash uchun, Leauning "Milan" bilan amaldagi shartnomasiga ko'ra maoshi1,5 mln evroni tashkil qiladi. Rossonerilar uchun bunday shartlarni bajarish juda qiyin bo'ladi. Balki aynan Rafael "CHelsi"ning hujum chizig'ini kuchaytiradi, u erda Lukaku va Verner ketganidan keyin profil hujumchilari deyarli qolmadi.



SHomurodov faoliyatini qaerda davom ettiradi?
Ammo o'zbekistonlik barcha futbol ishqibozlarini o'ylantirayotgan asosiy savol – Eldor SHomurodov joriy mavsum qaerda o'tkazadi? Yozgi transfer oynasi yopilishiga oz fursat qoldi, Eldor hamon “Roma”da.

U erda SHomurodovning ishlari biz xohlagandek silliq ketayotgani yo'q. “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino o'zbekistonlik hujumchiga unchalik ham ishonmayapti. Portugaliyalik mutaxassis qo'l ostidagi 40 uchrashuvda Eldor bor-yo'g'i 8 marta maydonga tushdi. SHu bilan birga, SHomurodov beshta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.

Mavsum oralig'ida Eldor xizmatiga "Torino", "Bolonya" va hatto "Vulverxempton" ham qiziqish bildirayotgani haqida malumot paydo bo'ldi. SHomurodov “Roma”ni sotib olish opsiyasi bilan ijara asosida tark etishi kutilgandi. Ammo Eldor Rimda qolar ekan, u erda Paulo Dibalaning kelishi bilan o'yin amaliyotiga ega bo'lishiga ishonish yanada qiyinlashdi. Bundan tashqari, «Torino»ning sobiq hujumchisi Andrea Belotti "Roma"ga o'tishga yaqin turibdi.

Agar SHomurodovni kimdir o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lsa, uni ijaraga olishi kerak. Unga muhim joy sifatida A Seriya klubini tavsiya qilish mumkin, chunki u Italiya chempionatiga yaxshi moslashgan. Buni amalga oshirish uchun Eldor va uning agentlarida atigi bir hafta vaqt qoldi.


Nikolay Egorichev

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика