Ronaldu 2027 yilda "Al Nassr"ni tark etib, faoliyatini yakunlashi mumkin
23 jan 16:44
Yangiliklar
Ronaldu 2027 yilda "Al Nassr"ni tark etib, faoliyatini yakunlashi mumkin
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu amaldagi shartnomasi tugaydigan 2027 yilning yozida "Al Nassr"ni tark etishi mumkin.
Bu haqda X ijtimoiy tarmog'ida jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.
Manba malumotlariga ko'ra, portugaliyalik hujumchi faoliyatini yakunlashi ehtimoli juda yuqori. Futbolchining vakillari Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatini tark etganidan so'ng jahon jamoatchiligi qiziqishining keskin pasayib ketishini oldini olish bo'yicha maxsus reja ustida ish olib bormoqda.
Ronaldu 2023 yildan beri "Al Nassr" safida to'p tepib kelmoqda. 40 yoshli futbolchi ushbu mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida 16 o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchi faoliyati davomida jami 960 ta gol muallifi bo'lgan. U avvalroq 1000 ta gol marrasiga etishni maqsad qilganini ham takidlagan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar
Фолбинларни жавоб езиши шарт эмас
Xuddiki avvaldan rejalashtirib kelganidek?
Menimcha ungacha minglik davonidan utibbulgan buladi.