Ronald Kuman Natan Ake "Man Siti"ni tark etishi lozimligini aytdi
08 okt 00:18
Yangiliklar
Ronald Kuman Natan Ake "Man Siti"ni tark etishi lozimligini aytdi
Niderlandiya terma jamoasining bosh murabbiyi Ronald Kuman himoyachi Natan Akening ko'proq o'yin amaliyoti olish uchun "Manchester Siti"dan ketishi kerakligini malum qildi.
"Biz bu masalani muhokama qildik. Vaziyat o'zgarishi shart. Kam o'ynab turib terma jamoa safida qolish mumkin emas. Bu borada muntazam o'yin amaliyoti juda muhim," - deya Kumanning so'zlarini keltirmoqda de Telegraaf nashri.
O'tgan mavsumda Ake "shaharliklar" safida 20 ta o'yinda ishtirok etdi, ammo jarohatlar tufayli jamoaning asosiy tarkibidagi o'yinchisiga aylana olmadi. Joriy mavsumda himoyachi klubning olti uchrashuvida maydonga tushdi. Natanning "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt saytining malumotlariga ko'ra, Akening hozirgi transfer narxi 25 million evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar