So’nggi yangiliklar

18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0

"Roma"ning CHempionlar Ligasidan chiqib ketgani haqida Yangiliklar

"Roma"ning CHempionlar Ligasidan chiqib ketgani haqida

"Manchester Yunayted"ning "kambeki" tufayli, "Portu" - "Roma" uchrashuvi va rimliklarning omadsizligi ko'pchilikning etiboridan biroz chetda qolmoqda.

Italiyaning mashhur nashrlaridan biri "Corriere dello Sport" birinchi sahifada "SHARMANDA" deb yozgan bo'lsa, "Tuttosport" "Tortib olingan g'alaba" haqida takidi, "Roma"ning ustidan kulishdi", – deb hisoblamoqda La Gazzetta dello Sport. 

Jyuneyt CHaqir – butun boshli Italiya dushmani (va "Lacio" muxlislari kumiriga aylandi). 

Eusebio Di Franchesko o'yindan keyin tashkil etilgan matbuot-anjumaniga kelmadi, Alessandro Florenci faryod chekkancha qolgan bo'lsa, barchaning og'zida – CHaqir. 

Prezident Jeyms Palottaning jaxli yomon chiqan: "O'tgan yili biz CHempionlar Ligasida ham "VAR"dan foydalanish taklifi bilan chiqqandik, sababi yarim finalda hakamning xatosi rejalarimizni barbod etgandi. Bugun, videotakrorlar bo'la turib, bizni yana tunab ketishdi. SHikni jarima maydonchasi ichida qoidani buzib to'xtatishgandi, buni VAR ham ko'rsatdi, lekin hakam hech nima qilishni istamadi. Bularning barchasi jonimga tegdi. Aytadigan boshqa gapim yo'q". 

Kostas Manolas: "Biz hisobni tenglashtirishimiz mumkin edi, qancha vaziyatdan foydalana olmadik. Ammo men nima uchun hakam takroriy lavhani ko'rishni istamaganini tushunmadim. SHikni ochiqchasiga yiqitishdi – buni hamma ko'rdi". 

 

Daniele De Rossi: "O'tgan mavsum musobaqani tark etganimizda, agar "VAR" bo'lganida, finalda o'ynardik dedik. Ana "VAR" joriy etildi, lekin hech nima o'zgarmadi. Videotakrorlar kelajakda katta foyda keltiradi, biroq bugun inson faktori asosiy omil bo'ldi". 

O'yindan avval agar "Roma" omadsizlikka uchraydigan bo'lsa, Di Francheskoga chiqish eshiklari ko'rsatilishi haqida mish-mishlar tarqagandi. Lekin yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olgan "Roma" rahbarlari murabbiyga yana bir imkon berishga qaror qilishdi chog'i. Aytishlaricha, Eusebioning yana bir imkoni bo'ladi, ammo Roberto Donadoni va Kristian Panuchchi yangi bosh murabbiylik uchun nomzod sifatida o'rganilmoqda. 

Sky Sport Italia xabariga ko'ra esa, Di Franchesko "chaqqonlik" qilib rahbariyat qarorini kutib o'tirmay, o'zi istefo so'rashi ham mumkin.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика