Rodri to'liq mashg'ulotlarga qaytdi
01 may 16:26
Yangiliklar
Rodri to'liq mashg'ulotlarga qaytdi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi va "Oltin to'p" sohibi Rodri xochsimion bog'lami uzilishi jarohatidan so'ng mashg'ulotlarga kirishdi.
"Sky Sports" xabariga ko'ra, Rodri "Manchester Siti" to'liq mashg'ulotlariga qaytgan.
Qaytishning aniq muddati elon qilinmagan. Ammo avvalroq klub uning Klublar o'rtasidagi JCHga qadar tiklanishiga umid qilayotgandi.
Rodri 2024 yil 22 sentyabr kuni Angliya Premer-ligasining 5-turida "Arsenal"ga qarshi o'yinda tizzasining xochsimon bog'lamini uzib olgan va o'shandan beri maydonga tushmayotgandi.
Rodri joriy mavsum bor-yo'g'i 3 ta o'yin o'tkazdi: ikkitasi APLda va bittasi Chempionlar Ligasida. U ushbu jarohat tufayli mavsumning katta qismini o'tkazib yubordi.
Rodrining "shaharliklar" bilan kelishuvi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan.Transfermarkt malumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 130 mln evroga baholangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar