Retkliff Levandovskining MYUga o'tishiga to'sqinlik qilgan
28 okt 14:05
Yangiliklar
Retkliff Levandovskining MYUga o'tishiga to'sqinlik qilgan
"Manchester Yunayted" egalaridan biri Jim Retkliff "Barselona" bilan shartnomasi 2026 yil yozida tugaydigan 37 yoshli hujumchi Robert Levandovskining transferini to'xtatib qo'ygan.
Bu haqda "Mirror Football" malumot berdi.
Manbaning xabar berishicha, "qizil iblislar" bosh murabbiyi Ruben Amorim polshalik hujumchiga qiziqib qolgan. Portugaliyalik murabbiy Levandovskining kelishi jamoaga ijobiy tasir ko'rsatishiga va boshqa futbolchilarning rivojlanishiga yordam berishiga ishonadi. Biroq Retkliff endi faoliyati oxirlab borayotgan futbolchilar bilan shartnoma imzolamoqchi emas.

Levandovski ushbu mavsum barcha musobaqalarda 9 o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar