Remsdeylni tepgan "Tottenxem" muxlisi o'yinlarga kirishga to'rt yillik taqiq, bir yil majburiy jamoat ishlariga jalb qilish bilan jazolandi
18 fev 2023 00:58
Yangiliklar
Remsdeylni tepgan "Tottenxem" muxlisi o'yinlarga kirishga to'rt yillik taqiq, bir yil majburiy jamoat ishlariga jalb qilish bilan jazolandi
APL 20-turida yuz bergan holat bo'yicha muxlisga jazo tayinlandi.
"Arsenal" va "Tottenxem" o'rtasidagi uchrashuv yakunlanganidan keyin "shporlar" muxlisi "Arsenal" darvozaboni Aaron Remsdeylni tepib, qochib ketgandi.
Bugun ushbu voqeani sodir etgan 35 yoshli bar ishchisi Jozef Uotts sud oldida javob berdi. Uotts o'z aybiga iqror bo'ldi.
Yakunda ushbu muxlisni 12 oylik majburiy jamoat ishlariga jalb qilishga hukm chiqarildi. SHu bilan birga, muxlis Aaron Remsdeylga 100 funt to'laydi. Bu ham etmagandek, tartibsiz muxlis 4 yil futbol o'yinlariga kira olmaydi va 150 soatlik bepul mehnat qilish majburiyatini ham bo'yniga oladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar