"Real"ni musobaqadan chiqarib yuborishni istayman!" - Mourinyu Arbeloa va Madrid haqida gapirdi
16 fev 21:43
Yangiliklar
"Real"ni musobaqadan chiqarib yuborishni istayman!" - Mourinyu Arbeloa va Madrid haqida gapirdi
"Qaymoqranglilar" bilan to'qnashuv:
Eslatib o'tamiz, Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining so'nggi turida "Benfika" Madrid klubini 4:2 hisobida mag'lub etgan edi. Endi jamoalar pley-off yo'llanmasi uchun yana to'qnash kelishadi.
Mourinyuning maqsadi va Arbeloaga tilagi:
"Men "Real" uchun borimni berganman. Odamlar meni yutuqlarim va xatolarim bilan hurmat qilishadi. Hozirgi holatga kelsak, men "Real"ni ECHLdan chiqarib yuborishni juda istayman!
Shu bilan birga, Alvaro Arbeloa La Ligada zafar quchishini va klubda uzoq vaqt qolishini xohlayman. U ajoyib yigit va bunga munosib", — dedi portugaliyalik mutaxassis.
Kelajak haqida:
Mourinyu "Benfika" bilan shartnomasida ketish borasidagi band juda oson ekanligini, biroq hozircha Madridga qaytish haqidagi mish-mishlarni ko'pirtirmaslik kerakligini takidladi.
Aytish kerakki, Mourinyu davrida Arbeloa uning eng ishonchli futbolchilaridan biri bo'lgan. Endi esa ustoz va shogird Evropaning eng nufuzli musobaqasida bir-biriga qarshi chiqishadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания кубоги. "Барселона" "Атлетико"ни йирик ҳисобда ютган ўйинда мадридликлар финалга йўл олди
Ҳамдамовга аталган оқшомда "Пахтакор" "Қўқон-1912"ни сафарда қийинчилик билан енгди
"Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, кубокдан чиқиб кетган Флик нималар деди?
Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Андижон"ни мағлуб этди
Fikrlar