So’nggi yangiliklar

07:30Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" навбатдаги турини ўтказади  0 02:45А Серия. "Милан" ва Рома" ўртасидаги ўйин тақдирини битта гол ҳал қилди  5 01:51Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида ақлбовар қилмас камбэк қайд этилди  4 00:52Холанд жорий мавсум "Ман Сити" ва Норвегия терма жамоаси сафида 16 ўйинда 26 та гол урди  0 00:30Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди  25 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Борнмут"ни мағлуб этди, Ҳусанов ўйинда иштирок этмади  17 22:30Суперлига. "Қўқон-1912" "Машъал"га мағлуб бўлди, "Сўғдиёна" эса "Қизилқум"ни йирик ҳисобда енгди.  0 22:22"Нефтчи" ўз уйида "Сурхон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:12"Насаф" — "Ал Ваҳда" ўйини ҳакамлари маълум бўлди  6 22:00"Шўртан" Про лигага тушиб кетди  5 21:46"Ал-Ҳалдия" - "Андижон" ўйинини кореялик ҳакамлар бошқаришади  6 21:35Суперлига. "Нефтчи" - "Сурхон" 2:1  0 21:26Рўзиқул Бердиев: "Эртага мазмунли ўйин эмас, натижа учун ҳаракат қилсак тўғри бўлади"  24 20:54Иван Бошкович: "Кам гол ўтказаётган жамоага 3 та урдик"  3 20:37Акмал Рустамов: "Қизилқум"да тенг кучли иккита таркиб йўқ"  1

"Real"ga Pogba kerak emas. 4ta sabab Yangiliklar

"Real"ga Pogba kerak emas. 4ta sabab

"Manchester Yunayted"ning yulduz yarim himoyachisi Pol Pogba "Real"ga kerak emas.

Bazi jurnalistlarga ishonadigan bo'lsak, Pol Pogbaning "Manchester Yunayted"dagi vaqti yakunlangan. Franciyalik yana sovrinsiz qolmoqchi emas va tez orada LaLiganing yulduziga aylanmoqchi.

"Real"da qiziqish bor, biroq ispaniyaliklar bu transferga qo'l urishadimi? Yarim himoyachining klub darajasidagi formasi havas qilarli emas.

Pol "Real"ga kerak emasligining 4ta sababini ko'rib chiqamiz.


4. U juda qimmat

Pol Pogba 2016 yilda 89 mln. funt (105 mln. evro) evaziga "Yuventus"dan "Manchester Yunayted"ga o'tgan edi. Hozirgi kundagi narxlarni hisobga olsak, u yanada qimmatroq futbolchiga aylangan.

Mish-mishlarga ko'ra, MYU Pol bilan 170 mln. evro evaziga xayrlashishga tayyor.

SHu bilan birga Poshbaning haftalik maoshi 290 ming funt - Garet Beylni hisobga olmaganda, bu "Real"dagi futbolchilarning maoshidan ancha ko'p.

Franciyalikni sotib olish mumkindir, ammo u shunga azriydimi?


3. Arzonroq va yaxshiroq boshqa variantlar bor

Yarim himoyachi kerakmi, marhamat - dunyoda undan tuzukroq futbolchilar etarlicha.

Masalan, Kristian Eriksen, Jovanni Lo CHelso, Esekel Palasios - faqat bazi futbolchilar Zidan jamoasini kuchaytirishga qodir.

"Qirollik klubi" bazi bir chiziqlarni kuchaytirdi, ammo hali ham xaridlarga muhtoj, biroq ular pulni tejab-tergab ishlatishlari lozim, chunki moliyaviy feyr-pley degan qoida bor. Pol Pogba xatto bunday muvaffaqiyatli klub uchun ham qimmatlik qiladi.


2. Pogbaning feli chatoq

Pogba "Old Trafford"da o'tkazgan uch yili davomida ko'pchilikni xafa qilishga ulgurdi. Uni muxlislarning yoqimtoyi deb bo'lmaydi. Masalan, Pogbaning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi ko'plab tanqidlarga sabab bo'lgan. Aynan shu sabab tufayli Pogba va Joze Mourinyu o'rtasida mojaro yuzaga kelgan edi.

Yarim himoyachi murabbiy xushlamay qo'ydi va natijada portugaliyalik 2018 yilning oxirida istefoga chiqarildi. Pogba maydonda va afsuski uning tashqarisida jamoa katta tasir ko'rsatadi. "Real"ning "kiyinish xonasi" eng ko'p muhokama qilinadigan joylardan bir va ularga yangi mojarolar kerak emas.


1. Franciyalik barqaror o'yin ko'rsatmaydi

Pogbaning "Manchester Yunayted"ga kelishi katta shov-shuvlarga sabab bo'ldi. Uni Roy Kin va Devid Bekxemga tenglashtirishdi. Biroq...

Futbolchi o'zining yorqin o'yinini har doim ham ko'rsatmadi, aksinchi ko'proq hafsalani pir qildi. Uning formasi sakrayotgan to'pga o'xshaydi, goh yuqorida, gohi erda. U keyingi uchrashuvda qanday o'ynashini hech kim bilmaydi.


Bazi fikrlarga ko'ra, uning muammosi - egoizm. Franciyalik jamoadan ko'ra o'zi haqida ko'p o'ylaydi. Ki uni "katta muammo" deb atagan, Mourinyu esa "Virus" deb.

Sulsher shogirdining maksimumini "siqib chiqarish"ga vada bergandi, ammo vaqt o'tishi bilan yana Pogbaning "havosi chiqib ketdi".


"Real"ga o'zgarishlar kerak, ammo Pogbadan baquvvat fundament yaratish mumkin emas.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика