So’nggi yangiliklar

13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  0 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  3 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  3 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  5 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  2 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  4 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  1 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  4 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  2 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  1 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  8 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  7 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  27 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3

"Real"dan rasmiy bayonot: "Buni qabul qilib bo'lmaydi" Yangiliklar

"Real"dan rasmiy bayonot: "Buni qabul qilib bo'lmaydi"

"Real" matbuot xizmati voqeliklar borasida bayonot bilan chiqdi.

"Real Madrid" ertaga bo'ladigan finalda ishlaydigan hakamlarning o'yin oldidan bo'lgan matbuot anjumanida aytgan gaplarini qabul qilib bo'lmas gaplar deb hisoblaydi.

Bu bayonot videoyozuvlari katta miqyosdagi OAVning etiborida bo'ldi. Biz bu orqali hakamlarning final ishtirokchilaridan biriga bo'lgan "Real"ga nisbatan ochiqdan-ochiq dushmanlikni namoyish qilishdi deb hisoblaymiz.

Yanada hayratlanarlisi – tahdidli ohangda aytilgan gaplar. Bu gaplarda hakamlar birligi, taxminiy fitnalar yoki harakatlar haqida so'z boradi, va bular adolat, xolislik va betaraflik tamoyillariga mutlaqo ziddir. Bu tamoyillar butun dunyo bo'ylab yuz millionlab kishilar etiborini jalb etuvchi voqea oldidan ustuvor bo'lishi lozim.

Yuz bergan voqealarning jiddiyligini hisobga olgan holda, "Real" Ispaniya Futbol Federaciyasi (RFEF) va hakamlikka masul shaxslardan tegishli choralar ko'rishlarini va ularni himoya qiluvchi tashkilotlar tomonidan jazolar berishini kutib qoladi", – deyiladi "Real"ning rasmiy bayonotida.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya Kubogi finali oldidan bo'lib o'tgan matbuot anjumanida bosh hakam Rikardo de Burgos Bengoechea "Real" televideniesining tanqidlari haqida gapirar ekan, yig'lab yubordi: "Farzandingiz maktabdan yig'lab kelib, otasini o'g'irlikda ayblashganini aytsa, bu og'ir holat".

VAR hakami etib tayinlangan Pablo Gonsales Fuertes "Real" televideniesida chiqqan video uchun jiddiy oqibatlarga sabab bo'lishini vada qildi.

"Real Madrid"ning klub televideniesi avvalroq de Burgos Bengoecheaning finalga hakam etib tayinlanishini tanqid qilgan videoni elon qilgan edi, u erda hakam tomonidan "Real" raqiblari foydasiga qilingan xatolarga ishora qilingan.

"Real" hakamlarning bayonotlaridan norozi va hakamlar brigadasini almashtirishni talab qilgan. Malumotlarga ko'ra, "qaymoqranglilar" hatto finalda ishtirok etmasligi mumkinligi ham bildirib o'tgan. Klub "Barsa"ga qarshi final oldidan matbuot anjumani, mashg'ulot va fotosessiyani bekor qilgan va RFEF vakillari bilan kechki ovqatga bormaslikka qaror qilgan.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика