"Real"da ishlagan murabbiy: "Azar bu Ronaldu emas"
20 iyu 2019 00:30
Yangiliklar
"Real"da ishlagan murabbiy: "Azar bu Ronaldu emas"
Aytor Karanka Realning yangi azosi Eden Azarni qirollik klubining sobiq futbolchisi Krishtianu Ronalduga solishtirish kerak emasligini aytdi.
Karanka portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino «Real»ga murabbiylik qilgan vaqtida uning yordamchisi bo'lib ishlagan.
“Azar – natijani o'zi yarata oladigan futbolchi. Biroq, uni Krishtianu bilan solishtirayotganda ozgina ehtiyot bo'lish talab etiladi. Ronaldu yagona. Azarga esa ortiqcha bosim o'tkazish to'g'ri qaror emas. Azar natijaga tasir o'tkaza olishini «CHelsi»da ko'rsatgandi. Ispaniyada bu qobiliyati unga samara berishi mumkin. Biroq, u Ronalduga o'xshamaydi”, – deydi Karanka.
Eslatib o'tamiz, 45 yoshli ispaniyalik mutaxassis «Real»dagi faoliyatidan so'ng, Angliyaning «Midlsbro» hamda «Nottingem Forest» jamoalarida bosh murabbiy sifatida ishladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar