"Real" yana bir xavbek bilan kelishib oldi
05 iyu 2019 23:00
Yangiliklar
"Real" yana bir xavbek bilan kelishib oldi
AS'ning xabar berishicha, Madridning Real klubi Saragosa yarim himoyachisi Alberto Soroning transferi borasida kelishuvga erishdi.
Manbaning malumotiga ko'ra, saragosaliklar futbolchini «qirollik klubi»ga 9 mln evro evaziga sotmoqchi bo'lgan. Biroq, jamoada moliyaviy muammolar bo'lgani sabab Soroni 2,5 mln. evroga ham qo'yib yuborishga rozilik bildirishgan. Endi, «qaymoqranglilar» faqatgina futbolchining o'zi bilan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishi qoldi.
20 yoshli ispaniyalik xavbek Segundaning yakunlangan mavsumida 29 bahsda qatnashib, 2tadan gol va pas berishga erishgan.
Fikrlar