"Real" va APLning to'rt grandi Yildizga davogarlik qilmoqda
25 okt 11:47
Yangiliklar
"Real" va APLning to'rt grandi Yildizga davogarlik qilmoqda
"Yuventus" hujumchisi Kenan Yildiz tobora Evropa grandlarining transfer maqsadlari qatoridan joy olmoqda.
20 yoshli futbolchining muvaffaqiyatlarini Madridning "Real", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Arsenal" va "Chelsi" klublari vakillari diqqat bilan kuzatib bormoqda, deb yozadi jurnalist Ekram Konur. "Keksa sinora" rahbariyati hamon turk bilan shartnomani uzaytirish va maoshini oshirish niyatida.
Kenan Yildizning transfermarkt portalidagi narxi 75 mln evroga baholanmoqda. Futbolchi joriy mavsumda "Yuventus" safida 10 ta o'yinda 2 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar