"Real" sotilgan abonementlar bo'yicha etakchi, "Barselona" esa...
12 sen 2024 11:15
Yangiliklar
"Real" sotilgan abonementlar bo'yicha etakchi, "Barselona" esa...
La Liga joriy mavsumida abonementlar sotuvi bo'yicha malumotlar ochiqlandi.
Bu borada Madridning "Real" klubi etakchi (60 707), 2-o'rinda poytaxtning boshqa bir klubi "Atletiko" (60 285) bo'lsa, kuchli uchlikni "Betis" (50 741) yakunlab bermoqda.
4-o'rin "Atletik" klubiga (43 649) nasib qildi, "Sevilya" 39500 abonement bilan beshinchi va undan keyingi o'rinni "Real Sosedad" (38000) egalladi.
Etiborli tomoni, "Barselona" bu borada bor yo'g'i 15-pog'onani egalladi (22600). Buning asosiy sabablaridan biri "Kamp Nou" rekonstrukciya qilinmoqda va jamoa hozircha o'yinlarini Olimpiya stadionida o'tkazishga majbur.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar