"Real" hujumchisi "Benfika"da tibbiy ko'rikdan o'tdi
02 iyu 2019 11:10
Yangiliklar
"Real" hujumchisi "Benfika"da tibbiy ko'rikdan o'tdi
"Real" hujumchisi Gomes Raul de Tomas faoliyatini Portugaliyada davom ettiradi.
24 yoshli ispaniyalik futbolchi "Benfika"ga o'tish uchun allaqachon tibbiy ko'rikdan ham o'tib bo'ldi.
Transfer 20 million evroga baholanmoqda.
De Tomas yakunlangan mavsumni ijara asosida "Rayo Valekano"da o'tkazdi va barcha turnirlarda 34ta o'yin o'tkazib, 14 ta gol urishga erishdi.
Futbolchi "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. "Real" uni turli yillarda "Kordova", "Real Valyadolid" va "Rayo Valekano" klublariga ijaraga bergan.
Forvard Ispaniyaning 19 yoshgacha bo'lgan terma jamoasi tarkibida 2013 yilda Evropa chempionati (U-19)ning bronza medallariga ega chiqqan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar