"Real" futbolchisiga "Milan" va "Bayer" raqobatlashmoqda
25 iyu 2019 15:32
Yangiliklar
"Real" futbolchisiga "Milan" va "Bayer" raqobatlashmoqda
"Real" himoyachisi Teo Ernandesga "Milan" va "Bayer" klublari qiziqmoqda.
"Rossonerilar" franciyalik futbolchini 15 million evroga sotib olish sharti bilan 5 million evroga ijaraga olishmoqchi. Leverkuzenliklar esa birdan 20 million evro to'lab Teoni sotib olishmoqchi.
Bundan tashqari, "Bayer" bu mavsum "Milan"dan farqli ravishda CHempionlar Ligasida o'ynaydi.
Teo "Real"ga 2017 yilda "Atletiko"dan 26 million evro evaziga o'tgan edi. U yakunlangan mavsumni "Real Sosedad"da o'tkazdi.
Futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 26ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assistga erishgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar