"Real" futbolchisi: "Sotilishni xohlamayman"
28 iyu 2019 15:11
Yangiliklar
"Real" futbolchisi: "Sotilishni xohlamayman"
"Real" yarim himoyachisi Daniel Sebalos jamoadan ketmoqchi emas.
- Sotilishni xohlamayman. Biroq, men o'zimni zarur deb biladigan joyda bo'lishni xohlayman. Kelasi mavsum faoliyatimdagi eng yaxshi mavsum bo'ladi deb umid qilaman. Men buni ko'rsatmoqchiman. Men futbol bilan yashayman. Omadsiz yildan so'ng hammasini to'g'irlamoqchiman, - deydi Sebalos.
Sebalos yakunlangan mavsum klubda 34ta o'yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 3ta gol va 2ta assist bor. Futbolchining "Real" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yil yozda o'z yakuniga etadi.
O'yinchining transfer narxi hozirda 30 million evroni tashkil etadi.
Futbolchi "Real"ga "Betis" tarkibidan kelib qo'shilgan edi. U 2018 yildan Ispaniya terma jamoasi futbolchisi hisoblanadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar