"Real" APL klubi bosh murabbiyiga qiziqish bildirmoqda
27 jan 2018 11:03
Yangiliklar
"Real" APL klubi bosh murabbiyiga qiziqish bildirmoqda
Malumotlarga ko'ra, Madrid klubi vakillari argentinalik mutaxassis yaqinlari bilan bog'lanishgan, Pochettino ham "Real"da ish boshlashga qiziqmoqda.
Pochettino va "Tottenxem" o'rtasidagi bitim 2021 yilda yakuniga etadi va unda kelishuvni muddatidan avval yakunlash bandi yo'q. Ispan grandi mutaxassisni "Real"ga olib ketish uchun "shporlar" egasi Daniel Levini ko'ndirishi lozim. "Tottenxem"dagilar argentinalik bilan xayrlashishga tayyor emas, chunki London klubi o'z tarkibida Garri Keyn, Dele Alli va Ugo Lorisni saqlab qolmoqchi. Pochettino jamoani tark etsa, futbolchilar ham boshqa klubga o'tishni istab qolishi mumkin.
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidanga bo'lgan bosim ortmoqda va malum bo'lishicha, Pochettino uning o'rniga keladiganlar ro'yxatida birinchi o'rinda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar