"Real" 90 million evrolik transfer maqsadini belgilab oldi
01 noy 2022 17:21
Yangiliklar
"Real" 90 million evrolik transfer maqsadini belgilab oldi
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem "Real"ning transfer maqsadi bo'lib qolmoqda.
"Fichajes" jurnalistlarining xabar berishicha, "qirollik klubi" joriy mavsum yakunida 19 yoshli angliyalik futbolchining transferini rasmiylashtirishni rejalashtirgan.

Markaziy yarim himoyachi 2020 yilning yozidan buyon Dortmundning "Borussiya"sida o'ynamoqda. Judning "asalarilar" bilan amaldagi bitimi 2024/2025 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan. Uning transfer narxi – 90 million evro.
Bellingem Bundesliga joriy mavsumida 12 ta o'yinda 3 ta gol urdi va 1 ta golga pas uzatdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar