Ravshan Haydarov: "O'yin bo'yicha hech qanday uyaladigan joyimiz yo'q"
18 jan 07:24
Yangiliklar
Ravshan Haydarov: "O'yin bo'yicha hech qanday uyaladigan joyimiz yo'q"
"O'yin 120 daqiqa bizning nazoratimiz ostida o'tdi. Ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik. Biroq ozgina kreativliklar etmagani sababli gol ura olmadik. Xitoy jamoasi kutkanimizdek juda yaxshi himoylandi. Afsuski penaltida omadimiz kelmadi. Yigitlarga hech qanday etirozim yo'q, ular turnir davomida har bir uchrashuvda borlarini berib harakat qilishdi. Afsuski bugun bizning kun emas ekan, penaltilar seriyasida omadimiz kelmadi. Shu tariqa, turnirdagi yurishimizni shu erda to'xtashiga majbur bo'ldik. Ammo yana bir bor takidlayman, futbolchilarimga yana bir bor minnatdorchilik bildiraman. Ular qo'ldan kelgancha harakat qilishdi. Muxlislarimizdan bizdan doim g'alabalar kutishadi, ulardan bugungi mag'lubiyat uchun uzr so'raymiz.
Ammo bugun mag'lub bo'lganimizga qaramasdan, o'yin bo'yicha hech qanday uyaladigan joyimiz yo'q. Penaltilar seriyasi - lotareya. Unda bizga omad kulib boqmadi".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar