So’nggi yangiliklar

12:20Расман: "Машъал" ганалик футболчини таркибга қўшиб олди  0 11:51Интервью. Санжар Шоаҳмедов: "Металлург"нинг юқори мақсадлари бу клубга келишимда ҳал қилувчи омил бўлди"  0 11:24Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК мусобақаларида ишлайди  1 10:48Осимхен фаолиятини Европанинг ТОП жамоасида давом эттириши мумкин  1 10:20Салоҳ Саудия чемпионатига ўтишга рози  3 09:15Камолиддин Тожиев: "Бу биз учун оғриқли мавзу"  2 08:46"Нефтчи" "Насаф"нинг яна бир футболчисига қизиқиш билдирмоқда  8 08:18Кечаги учрашувда "Арсенал"нинг икки нафар футболчиси жароҳат олди  0 07:50Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" гуруҳдаги сўнгги учрашувида майдонга тушади  5 07:23Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 02:40А Серия. "Наполи" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  4 01:34Элдор Шомуродов: "Иккинчи марта яхши ўйин кўрсатган учрашувда ютқаздик"  5 01:25Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" — "Бешиктош" 2:3  2 00:55Эден Азар: "Ла Лига АПЛдан кўра техникага бой. "Реал"да ўйинни бошқариш мумкин, аммо Премьер-лигада тўлиқ 90 дақиқа ишлаш керак"  0 00:55Нури Шаҳин: "1 очкога лойиқ эдик"  3

Ravshan Haydarov: "Futbolchilarimiz jangovar holatda" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Futbolchilarimiz jangovar holatda"

U-23 Osiyo Kubogi chorak finalidan o'rin olgan O'zbekiston – Xitoy bellashuvi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov va yarim himoyachi Sardor Bahromov qatnashdi. 

"Assalomu alaykum. Barchaga xayrli kun. Oldimizga qo'yilgan dastlabki vazifani bajarib, shu bosqichga etib kelganimizdan xursandmiz. Pley-offga chiqqan barcha jamoalarni qutlaymiz. Ertaga maqsadlarimizga erishish yo'lidagi eng muhim o'yin bo'lib o'tadi. Tiklanish jarayonidan o'tib, Xitoyning o'yinlarni tahlil qilib chiqdik. O'ylaymanki, jamoamiz o'yinga shay holatda.

Ertaga Ar Riyodda emas, nisbatan issiroq bo'lgan Jiddada o'ynashimiz noqulaylik tug'dirmaydimi? Albatta, aytganingizdek, biz Jiddaga ko'chib o'tdik. Bu erga moslashish jarayonini boshdan kechirmoqdamiz. Biroq farq juda katta emas. O'ylaymanki, bunday o'zgarishlar jamoamizga tasirini o'tkazmaydi.

Xitoydan ko'ra 1 kun ko'p dam olishimiz qandaydir ustunlik beradimi? Shu bir kunimizni uchib kelishga va yo'lga sarfladik. Shunga qaramay, Jiddaga moslashdik. Bu erda 2 ta mashg'ulot olib borishga ulgurdik. Nazariy mashg'ulotlar orqali Xitoy qanday o'ynashini yigitlarga tanishtirib boryapmiz. O'yinimizni yanada mukammalroq qilish harakatidamiz. Barcha kerakli narsalar qilinyapti. Ibraimovdan tashqari hamma jangovar holatda. Faqat shu futbolchimiz sariq kartochkalari 2 taga etgani uchun o'yinni o'tkazib yuboradi.

Xitoyni anchadan beri bilamiz. Ko'p musobaqalarda ro'baro' kelganmiz. Yildan yilga rivojlanish va tarkib o'zgarishi kuzatiladi. Ularda jamoa o'zining eng yaxshi paytiga kelgan va yaxshi avlod shakllangan. Xitoyda murabiylar shtabi ham anchadan buyon birga ishlab keladi. Hurmatga sazovor va kuchli jamoa. Ularning kuchli va zaif tomonlarini o'rganib, yigitlarga etkazyapmiz. Ertaga chiroyli o'yin bo'ladi.

Musobaqa uchun U-21 jamoamizni tanlab olganimiz futbol siyosatimizni rivojlantirishga mosdir. U-23 saralash musobaqalarida nisbatan yoshroq va aralash tarkibdan foydalanib kelmoqdamiz. Asosiy urg'u Olimpiada yoshidagi futbolchilarga qaratilgan. Olimpiada yo'llanmasini taqdim etuvchi keyingi U-23 turniriga futbolchilarni tayyorlab boramiz. Bu — biz tanlagan yo'l. U-23 Osiyo Kubogini hurmat qilamiz, biz bunga jiddiy yondashamiz. Hamma terma jamoaning musobaqadan maqsadi — milliy terma jamoaga ko'prik vazifasini bajarish", – dedi Haydarov.

"Shu bosqichga etib kelganimiz bilan O'zbekiston xalqini tabriklayman! Ertaga juda muhim o'yin kutib turibdi. Qiyin o'yinlarda maydonga tushdik, buyog'iga raqib tanlash yo'q. Xitoy bilan bahsda faqat g'alabani ko'zlab tushamiz.

Xitoy yaxshi jamoa. Bizdan yoshi kattalar ham, yoshi kichiklar ham ular bilan jangovar o'yin namoyish etgan. Ertaga o'zimizning ijobiy tomonlarimizni ko'rsatib, keyingi bosqichga chiqishga urinamiz", – deya fikr bildirdi Bahromov.

Reyting: +15   

Fikrlar

+2   
16 jan 13:44:46
Lochinlar UZ
Omad yigitlar!
+1   
16 jan 17:47:44
Azizxon Sodiqxojayev
Abb foydalanuvchining fikriga javob berish
Жаноб Мурабий галабага урганиб колдик, яна финали согиндик сизи финалда курсак хурсанд буламиз, рахмат сизга ва жамоангизга.
Мақсад шунчаки финалда кўриш бўлиб қолмай, финалда ғолиб сифатида кўришни истаймиз! ????
+1   
16 jan 14:37:23
Abb
Жаноб Мурабий галабага урганиб колдик, яна финали согиндик сизи финалда курсак хурсанд буламиз, рахмат сизга ва жамоангизга.
   
16 jan 21:02:44
leva8989
Biz favorit bo'lib yana chempion bo'lishimiz kerak,Xitoyni yirik hisobda yutib,keyingi raqiblarni duxini tushirvorish nasib qilsin,Olg'a yig'itlar
   
16 jan 14:39:16
Azizbek Rustamovich
Boshida sal ishonmagandim bu jamoamizga. Ayniqsa guruhdan birinchi o‘rinda chiqishimizga. Uyaltirib qo‘yganidan juda hursandman. Do kontsa uyaltirsin bizni
   
16 jan 14:37:19
Raximbergan Ruzmetov
Омад йигитларга.Эртага ютиш насиб килсин.
   
16 jan 14:11:29
Адхамжон Низамов
Худо хохласа галаба сизлар томонда.Олга,"Ок бурилар".Биз сизларга ишонамиз
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика