So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Rasmiy xabar: “Qo'qon-1912” Sidiqovni “Paxtakor”ga ijaraga berdi Yangiliklar

Rasmiy xabar: “Qo'qon-1912” Sidiqovni “Paxtakor”ga ijaraga berdi

“Qo'qon-1912” jamoasining etakchi futbolchisi, Qo'qonlik muxlislarning yoqimtoyi Javohir Sidiqov yangi mavsumni ijara shartnomasi asosida Toshkentning “Paxtakor” jamoasida o'tkazadigan bo'ldi.

Javohir Sidiqov “Qo'qon-1912” klubiga 2016 yilgi mavsumda, bosh murabbiy No'mon Hasanovning taklifi bilan aynan “Paxtakor” jamoasidan kelgan edi. Javohir jussasi kichkina bo'lishiga qaramasdan sekin astalik bilan jamoaning asosiy tarkibidan o'rin ola boshladi. Bosh murabbiyning unga bo'lgan ishonchi, muxlislarning qo'llab-quvvatlashlari natijasida Javohir Sidiqov “Qo'qon-1912” jamoasining almashtirib bo'lmas futbolchisiga aylandi. Qo'qonda uni muxlislar “Qo'qonlik Messi” deb atay boshlashdi.

2017 va 2018-yilgi futbol mavsumlari esa Javohir Sidiqov nafaqat jamoaning , balki O'zbekistonning eng yaxshi yosh futbolchisi bo'ldi deya bemalol ayta olamiz. Javohir O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalar tarkibidagi o'yinlari bilan nafaqat Qo'qonlik , balki butun O'zbekistonlik futbol ishqibozlarining sevimli futbolchisi sifatida tillarda doston bo'ldi.

Albatta Javohir Sidiqovning etuk futbolchi bo'lib etishishida “Qo'qon-1912” futbol klubi bosh murabbiyi No'mon Hasanovning ham xizmatlari katta bo'ldi. SHuningdek Qo'qonlik ishqibozlarning hoh "Qo'qon-1912" o'yinlarida bo'lsin, hoh terma jamoa o'yinlarida bo'lsin, Javohirni birdek qo'llab turganliklari ham tahsinga sazovordir.



Bunday hurmat etiborga sazovor bo'lish uchun futbolchidan katta mehnat, sabr-bardosh va chiroyli hulq atvorda bo'lish talab qilinadi. Javohirda esa bu sifatlarning barchasi mujassam edi.

Javohir Sidiqov “Qo'qon-1912” futbol klubi bilan shartnomasini 2020 yilning so'ngiga qadar uzaytirgan. 2019 yilgi futbol mavsumida Javohir Sidiqov OCHL o'yinlarida o'ynab, o'z tajribasini yanada orttirishi maqsadida futbolchi “Paxtakor” futbol klubiga ijaraga berildi. Sidiqovning transfer huquqi “Qo'qon-1912” futbol klubi ixtiyorida bo'ladi.

“Qo'qon-1912” futbol klubi rahbariyati,murabbiylar shtabi hamda ko'p sonli muxlislari nomidan Javohir Sidiqovga kelayotgan mavsumda omad yor bo'lishini tilaydi! Jamoa Sidiqovning Qo'qon futboli uchun qilgan mehnatlarini qadrlaydi. Javohir Sidiqovning nomi “Qo'qon-1912” futbol klubi tarixiga zarhal harflar bilan yoziladi.
Barchasi uchun rahmat senga Javohir!!!," - deb yozadi "Qo'qon-1912" matbuot xizmati.


Reyting: +52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика